Bugun, 3 avgust kuni, soat 13:32da Olmazor tumani, Şimoliy Olmazor köçasi 13-uyning 12 xonadonida yonğin kelib çiqqan.
Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabariga köra, yonğin uy oşxonasiga va oşxona jihozlariga zarar yetkazgan. Yonğin-qutqaruv jangovar bölinmalari manzilga soat 13:38da yetib borgan va körilgan tezkor çora va harakatlar natijasida yonğin soat 13:59da töliq bartaraf etilib, uyning 50 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Qayd etilişiça, 6 nafar fuqaro zudlik bilan xavfsiz joyga olib çiqilib, ularga birinçi tibbiy yordam körsatilgan. Yonğin joyiga 3 ta yonğin-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.
Yonğin sabablari va yonğindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.












