Nizom Bojxona kodeksi va Prezidentning 24.04.2020 yildagi «Xalqaro şartnomaga qöşiliş töğrisida»gi PQ-4694-son qaroriga muvofiq işlab çiqilgan bölib, Özbekiston bojxona çegarasidan tovarlarni bojxona nazorati va bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazişda Vaqtinça olib kiriş töğrisidagi konvensiyani qöllaş tartibini belgilaydi.
Norma’ning yozişiça, ATA karnetini (bojxona deklaratsiyasiga tenglaştirilgan, tovarlarni vaqtinça olib kirişga imkon beradigan hamda bojxona tölovlari tölanişini kafolatlaydigan xalqaro hujjat) qöllagan holda bojxona tölovlaridan töliq şartli ravişda ozod qilinadigan tovarlarga nisbatan bojxona operatsiyalari Konvensiyaning A ilovasi «Vaqtinça olib kiriş hujjatlari töğrisida (ATA karnetlari va CPD karnetlari)» bilan birgalikda quyidagi ilovalardan birining şartlariga rioya qilgan holda amalga oşiriladi:
- V.1 «Körgazmalar, yarmarkalar, konferensiyalar yoki şu kabi tadbirlarda namoyiş qiliş yoxud foydalaniş uçun tovarlar töğrisida»;
- V.2 «Professional asbob-uskuna töğrisida»;
- V.3 «Tijorat operatsiyasi munosabati bilan olib kirilgan konteynerlar, poddonlar, öramlar, namunalar va boşqa tovarlar töğrisida»;
- V.5 «Ta'lim, ilmiy yoki madaniy maqsadlarda olib kirilgan tovarlar töğrisida»;
- V.6 «Sayohatçilarning şaxsiy buyumlari va sport maqsadlarida olib kirilgan yuklarga tegişli ilova».
Nizomda bojxona organi ATA karnetini bojxona deklaratsiyasi va bojxona tölovlarini tölaşning xalqaro miqyosidagi kafolati hamda bojxona organlari oldidagi majburiyatning bajarilişini kafolatlovçi hujjat sifatida qabul qilişi mumkin bölgan hollar sanab ötilgan.
ATA karnetini qöllagan holda Özbekistonga vaqtinça olib kiriladigan, şuningdek mamlakatdan vaqtinça olib çiqiladigan tovarlarga nisbatan amalga oşiriladigan bojxona operatsiyalarining turlari qayd etilgan.
ATA karneti töğri töldirilganligini tekşirişda alohida e'tibor berişni talab qiladigan bandlar sanab ötilgan.
Bojxona organiga taqdim etiladigan ATA karneti davlat yoki rus va ingliz (fransuz) tillarida töldirilgan bölişi lozim.
Nizomda quyidagilarning tartibi ham belgilangan:
- ATA karnetini qöllagan holda olib kirilayotgan tovarlarni deklaratsiyalaş;
- ATA karnetini qöllagan holda Özbekistonga vaqtinça olib kirilgan tovarlarning vaqtinça olib kiriş muddatini uzaytiriş;
- ilgari ATA karnetidan foydalangan holda vaqtinça olib kirilgan tovarlarni Özbekistondan qayta olib çiqişda (reeksportda) deklaratsiyalaş;
- ATA karnetini qöllagan holda olib kirilgan tovarlarni olib çiqişda bojxona operatsiyalarini amalga oşiriş va reeksport bilan «vaqtinça olib kiriş» bojxona rejimining tugatilişi;
- ATA karnetidan foydalangan holda Özbekistonga vaqtinça olib kirilgan tovarlarga nisbatan bojxona tölovlari tölanişining kafolatlari;
- Konvensiya qoidalari buzilgan taqdirda ATA karnetini qöllagan holda olib kirilgan tovarlar böyiça bojxona tölovlarini undiriş;
- Özbekistondan vaqtinça olib çiqiş uçun ATA karnetidan foydalangan holda tovarlarni deklaratsiyalaş;
- ilgari ATA karnetini qöllagan holda vaqtinça olib çiqilgan tovarlarni Özbekistonga qaytarib (reimport) olib kiriş;
- ATA karnetini qöllagan holda Özbekistondan vaqtinça olib çiqilgan tovarlarni vaqtinçalik olib çiqiş muddatini uzaytiriş;
- Yöq qilingan va yöqolgan holatda ATA karnetini almaştiriş.
Hujjat 1.10.2020 yildan kuçga kiradi.












