Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy xom-aşyodan keramik sanitar-texnik buyumlar işlab çiqarişni yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, “Özsanoatqurilişbank” ATB hamda “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasining respublika hududlarida mahalliy xom-aşyodan keramik sanitar-texnik buyumlar işlab çiqariş klasterlari faoliyatini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.
Keramik sanitar-texnik buyumlar işlab çiqariş klasterlarining asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:
mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb etiş orqali import örnini bosuvçi raqobatbardoş va sifatli mahsulotlar işlab çiqarişni taşkil etiş;
tegişli vazirlik va idoralar yordamida klaster hududiga joylaştiriladigan işlab çiqaruvçi va xizmat körsatuvçilarga qulay şart-şaroitlar yaratiş, ularni zarur infratuzilma bilan ta'minlaş;
işlab çiqariş va xizmat körsatiş obektlari, şu jumladan kasb-hunarga öqitiş markazlarini yaxlit hududda taşkil etiş orqali işsiz aholini kasb-hunarga yönaltiriş borasidagi işlarni samarali taşkil etiş.
2020 yil 1 sentyabrdan boşlab şunday tartib örnatiladiki, unga köra, sanitar-texnik buyumlarni klaster usulida işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça barça loyihalar Kiçik biznes va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligining Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan:
kredit summasidan qat'iy nazar tijorat banklarining milliy valutadagi kreditlari böyiça foiz xarajatlari Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalaştiriş stavkasidan oşgan miqdorida, biroq 10 foizlik punktdan oşmagan miqdorda, şuningdek, xorijiy valutadagi kreditlari böyiça foiz xarajatlari tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 40 foizi miqdorida, biroq 4 foizlik punktdan oşmagan miqdorda qoplanadi;
investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun jalb qilinadigan tijorat banklarining kreditlari böyiça kredit summasining 50 foizigaça, biroq 20 mlrd sömdan oşmagan miqdorda kafilliklar beriladi.
Keramik sanitar-texnik buyumlar işlab çiqariş klasterlari iştirokçilariga 2023 yilning 1 yanvariga qadar öz işlab çiqarişlari uçun möljallangan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovçi buyumlar va xom-aşyo importida bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boşlab qöşilgan qiymat soliğini tölaşni 120 kunga keçiktiriş imkoniyati beriladi.
Keramik sanitar-texnik buyumlarini klaster usulida işlab çiqarişni taşkil etuvçi xöjalik sub'yektlariga 2020 yil 1 avgustdan 2024 yil 1 yanvariga qadar quyidagi körinişdagi soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalar beriladi:
keramik quriliş mahsulotlari işlab çiqariş faoliyati böyiça foyda soliği, yer va mol-mulk soliği tölaşdan ozod etiş;
keramik quriliş mahsulotlari işlab çiqariş uçun möljallangan, respublikada mavjud bölmagan xom-aşyo va mahsulotlar import qilinganda, bojxona tölovlaridan (qöşimça qiymat soliği va bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğimlardan taşqari) ozod etiş.
Belgilab qöyilişiça, 2020 yil 1 sentyabrdan boşlab keramik sanitar-texnik buyumlar işlab çiqariş klasterlari iştirokçilarining soliqqa tortiş bazasi beş yil davomida teng uluşlarda noruda foydali qazilma boyliklari konlarini özlaştiriş uçun zarur böladigan muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini quriş xarajatlari miqdoriga, biroq Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Transport vazirligi tomonidan belgilanadigan normativlarga muvofiq hisoblanadigan summadan ortiq bölmagan miqdorga kamaytiriladi.











