Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda yöldoş şaharlarni rivojlantiriş çora-tadbirlar dasturi töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasi yirik şaharlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib çiqib va ulardagi yuqori demografik holat sabab yuzaga kelayotgan qiyinçiliklarga şaharsozlik hamda urbanizatsiya tamoyillari asosida zamonaviy yeçimlarni şakllantiriş maqsadida saralab olingan:

  • Andijon şahri uçun Şahrixon va Asaka şaharlari;
  • Namangan şahri uçun Töraqörğon va Çortoq şaharlari;
  • Farğona şahri uçun Mindon şaharçasi;
  • Samarqand şahri uçun Çelak va Urgut şaharlari;
  • Buxoro şahri uçun Gala-Osiyo şahri;
  • Qarşi şahri uçun Koson şahri va Xonobod şaharçasi;
  • Nukus şahri uçun Xöjayli va Taxiatoş şaharçalariga “yöldoş-şaharlar” maqomini beriladi.

Özbekiston Respublikasida “yöldoş şaharlar”ni rivojlantirişning asosiy konseptual yönalişlari tasdiqlanadi.

Özbekiston Respublikasida 2020-2025 yillarda belgilangan “yöldoş şaharlar”ni rivojlantiriş yönalişlari:

2020-2025 yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahriga tutaş bölgan Xöjayli va Taxiatoş şaharlarga “yöldoş-şahar” maqomini beriş orqali rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi;

2020-2025 yillarda Andijon viloyati Andijon şahriga tutaş bölgan Asaka va Şahrixon şaharlariga “yöldoş-şahar” maqomini beriş orqali rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi;

2020-2025 yillarda Buxoro viloyati Buxoro şahriga tutaş bölgan Gala Osiyo şahriga “yöldoş-şahar” maqomini beriş orqali rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi;

2020-2025 yillarda Namangan viloyati Namangan şahriga tutaş bölgan Töraqörğon va Çortoq şaharlariga “yöldoş-şahar” maqomini beriş orqali rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi;

2020-2025 yillarda Samarqand viloyati Samarqand şahriga tutaş bölgan Çelak va Urgut şaharlariga “yöldoş-şahar” maqomini beriş orqali rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi;

2020-2025 yillarda Farğona viloyati Farğona şahriga tutaş bölgan Mindonobod şaharçaga “yöldoş-şahar” maqomini beriş orqali rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi;

2020-2025 yillarda Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahriga tutaş bölgan Koson şahri va Xonobod şaharçasiga “yöldoş-şahar” maqomini beriş orqali rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Quyidagilar çora-tadbirlar dasturlarini amalga oşirişning ustuvor yönalişlari etib belgilanadi:

  • yöldoş şaharlarni rivojlantiriş natijasida ularni birlaştiruvçi yirik şaharga bölgan demografik yukni qisqartiriş;
  • yöldoş şaharlardagi ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy va ma'rifiy sohalarni rivojlantiriş orqali ulardagi aholining şaharlararo erkin harakatini intensivlaşişiga erişiş;
  • yöldoş şaharlarda yirik şahar bilan boğliq bölgan va mustaqil rivojlanayotgan sanoat va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş;
  • yangi iş örinlarini yaratiş;
  • aholining turmuş darajasini yangi sifat darajaga kötarilişiga erişiş;
  • aholini uy-joyga bölgan talabi asosida makro va mikro uy-joy massivlarini ijtimoiy va muhandislik infratuzilmalar bilan birgalikda barpo etilişini ta'minlaş.