Soğliqni saqlaş vazirligida COVID-19 infeksiyasini aniqlaş va davolaşda qatnaşayotgan xususiy tibbiyot muassasalarining vakillari iştirokida yiğiliş ötkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Yiğilişda vazir örinbosari Uluğbek Sobirov COVID-19 infeksiyasini davolayotgan nodavlat tibbiyot muassasalarida ötkazilgan monitoring natijalari töğrisida ma'lumot bergan.

Ma'lum qilinişiça, Toşkentda jami 14ta xususiy klinika koronavirusga çalingan bemorlarni qabul qilmoqda. Şulardan faqat 7tasi davolaşni boşlaş uçun sanitariya-epidemiologiya qoidalari va davolaş standartlariga rioya qiliş böyiça Toşkent şahar soğliqni saqlaş boşqarmasi bilan şartnoma imzolagan.

«COVID-19 infeksiyasini davolayotgan xususiy tibbiyot taşkilotlarining aksariyatida zarur tibbiy asbob-uskunalar yetişmaydi, tegişli mutaxassislar mavjud emas. Eng açinarlisi, ular orasida sanitariya-epidemiologiya qoidalariga hamda Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlarga rioya qilmasdan iş yuritayotganlari mavjud.

Toşkent vraçlar malakasini oşiriş instituti Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi assistenti Alla Rosstalnaya xususiy klinikalarda COVID-19 infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarga yuritilgan kasallik tarixlarini tahlil qilar ekan, ularga keragidan ortiq dori-darmonlar, tegişli körsatma mavjud bölmasa-da, ikki va undan ortiq antibiotiklar berilgani, davolaş standartlariga zid ravişda infuzion suyuqliklar quyilganligini körsatib berdi.

Mutaxassislarning xulosalariga köra, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanişning dastlabki bosqiçida turli infuzion suyuqliklar bilan davolaş, bittadan ortiq antibiotikni qöllaş kasallikning tez sur'atlarda oğir şakliga ötib ketişga sabab bölmoqda. Monitoring davomida xususiy tibbiyot taşkilotlarida aynan şunday xatoliklarga yöl qöyilgani qayd etildi», – deyiladi rasmiy relizda.

Ta'kidlanişiça, yiğilişda SSV Lisenziyalaş va akkreditatsiyalaş boşqarmasiga hududiy sanitariya-epidemiologiya taşkilotlari bilan birgalikda xususiy tibbiyot taşkilotlarining koronavirusga çalingan bemorlarni davolaş bilan boğliq faoliyatini monitoring qilib boriş, davolaş standartlarini buzgan xususiy klinikalarga nisbatan qat'iy çoralar köriş, şu jumladan, ularning litsenziyalarini bekor qiliş böyiça sudlarga da'vo arizalarini kiritiş böyiça topşiriqlar berilgan.