“Mark Tsukerberg kapitali Facebook aksiyalari narxi TikTok’ga raqobatçi xizmat işga tuşirilgani haqidagi xabarlardan keyin oşişi natijasida birinçi marta 100 mlrd dollardan ortdi”, deb ma'lum qildi Vloomberg axborot agentligi. 

Bloomberg Billionaires Index (BBI) indeksiga köra, ayni vaqtda Tsukerbergdan taşqari, 100 mlrd dollardan köproqqa boylikka yana ikki kişi - Amazon rahbari Jyeff Bezos va Microsoft asosçisi Bill Geyts ega.

Ta'kidlanişiça, Tsukerberg joriy yilda 22 mlrd dollarga, Bezos esa 75 mlrd dollarga boyigan. Tsukerberg iyunda ba'zi yirik kompaniyalar Facebook ijtimoiy tarmoğida reklama joylaştirişdan boş tortgandan keyin bir kunda 7,2 mlrd dollar yöqotgandi.

6 avgustdagi birja savdolari natijalariga köra, Facebook aksiyalari 6,49 foizga qimmatlab, bir aksiyasi narxi 265,28 dollarga yetgan. Kompaniya vakilining ma'lum qilişiça, Facebook’ning yangi videoservisi 50 dan köproq davlat, jumladan, AQŞ, Hindiston, Braziliya, Fransiya, Germaniya, Britaniyada işga tuşirilmoqda.  

Iyul oxirida dunyoning eng yirik IT-kompaniyalari - Amazon, Apple, Facebook va Google Alphabet’ning bozor narxi 250 mlrd dollarga qimmatlab, 5 trln dollardan oşgani ma'lum qilingandi. Kompaniyalar aksiyalari narxi yuqorilaşi 2019-2020 moliyaviy yilning 3-çoragi böyiça moliyaviy hisobotlari e'lon qilingandan keyin yuz bergan.