Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasining suğurta bozorini rivojlantiriş strategiyasini va Suğurtalovçilarning kapitali yetarliligi va tölov qobiliyati böyiça xalqaro standartlarni suğurta faoliyatiga bosqiçma-bosqiç joriy etiş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Quyidagilar:

Özbekiston Respublikasining suğurta bozorini rivojlantiriş strategiyasi;

Suğurtalovçilarning kapitali yetarliligi va tölov qobiliyati böyiça xalqaro standartlarni suğurta faoliyatiga bosqiçma-bosqiç joriy etiş strategiyasi tasdiqlanadi.

Özbekiston Respublikasining suğurta bozorini rivojlantiriş strategiyasiga köra, uning asosiy maqsadi fuqarolar va biznesning mulkiy manfaatlarini kafolatli suğurta qiliş uçun huquqiy va amaliy asoslarni yaratiş, iqtisodiy va ijtimoiy himoya qilişda suğurta mexanizmini joriy etiş va aholining suğurtaga bölgan işonçini oşirişdan iborat.

Quyidagilar suğurta bozorini rivojlantirişning ustuvor yönalişlari hisoblanadi:

  • suğurtaning barça iştirokçilarining huquqlarini himoyalovçi adolatli, töliq suğurta va tezkor tölovga yönaltirilgan raqobatni rağbatlantiruvçi, şuningdek, maxsus vakolatli davlat organi va professional iştirokçilar örtasida muvozanatlaşgan tizimni yaratiş;
  • kompleks transformatsiya qiliş, suğurta taşkilotlaridagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega bölgan investorlarga tanlov asosida sotiş yöli bilan suğurta bozorida davlat iştirokini kamaytiriş, şuningdek, davlat uluşi mavjud suğurta taşkilotlarini bir vaqtning özida isloh qiliş;
  • suğurta qamrovini kengaytiriş va ilmiy asoslangan suğurta tariflarini işlab çiqişga imkon beruvçi Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Içki işlar vazirligi, Markaziy banki, Davlat statistika qömitasi, Özgidromet, Suğurta bozorini rivojlantiriş agentligi, Özbekiston aktuariylari uyuşmasi va boşqa manfaatdor idora va taşkilotlarni birlaştiruvçi yagona elektron axborot almaşinuvi tizimini taşkil etiş;
  • suğurta taşkilotlarining tölov qobiliyatini oşiriş, xalqaro tajriba asosida “tavakkalçilikka asoslangan yondaşuv”ni tatbiq etiş, suğurta taşkilotlarini xalqaro reytinglar olişlarini va reytinglarni oşirişlarini rağbatlantiriş;
  • kamxarj mikrosuğurta xizmatlarini rivojlantiriş uçun normativ bazani takomillaştiriş, xizmatlar ommabopligini va sifatini oşiriş, şu jumladan davlat uluşi mavjud suğurta taşkilotlari orqali innovatsion loyihalarni suğurta bilan qöllab-quvvatlaş böyiça suğurta mahsulotlari işlab çiqilişi va taqdim etilişini ta'minlaş;
  • suğurta vositaçilari (suğurta brokerlari, suğurta agentliklari), aktuariylar, adjasterlar, syurveyyerlar va assistanslar faoliyatini tartibga soluvçi huquqiy normalarni takomillaştiriş yöli bilan suğurta infratuzilmasini kengaytiriş va xizmatlar sifati böyiça raqobat qiliş muhitini ta'minlaş;
  • mamlakatimizda risk-menejment va suğurta sohasiga ixtisoslaşgan çet el oliygohlarining filiallarini taşkil qiliş orqali suğurta sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlaşni, şuningdek, davlat uluşi mavjud suğurta taşkilotlaridagi yoşlarni çet eldagi risk-menejment va suğurtaga oid yönalişlar böyiça öqitişni tizimli asosda taşkil qiliş;
  • zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etiş;
  • xalqaro tajriba asosida suğurta bozorining prundensial nazoratini, suğurta bozorini tartibga solişning xalqaro standartlari va tamoyillarini tatbiq etiş.