Suğurta tölovlari hajmi 404 milliard sömdan oşdi
Suğurta kompaniyasi faoliyatining asosiy körsatkiçlaridan biri – mijozlarga tölangan suğurta tovoni hajmi. Taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, 2024-yildan 2026-yilning birinçi yarim yilligiga qadar kompaniya tomonidan suğurta hodisalari yuzasidan jami 404,25 milliard sömdan ortiq tölov amalga oşirilgan.
Yillar kesimidagi körsatkiçlar quyidagiça:
• 2024-yil: 6 667 ta murojaat körib çiqilib, 152,3 milliard söm suğurta tovoni tölangan;
• 2025-yil: 45 133 ta murojaat körib çiqilib, 210,2 milliard söm tölov amalga oşirilgan;
• 2026-yilning birinçi yarmi: 2 191 ta murojaat böyiça 41,75 milliard söm suğurta tovoni taqdim etilgan.
2025-yilda suğurta tölovlari hajmi 2024-yilga nisbatan qariyb 38 foizga oşgan. Bu davrda murojaatlar soni ham sezilarli köpaygan.
Hududlarda 200 nafardan ortiq iş örni yaratilgan
Kompaniya maʼlumotlariga köra, "KAPITAL SUG‘URTA"ning respublika böylab 54 ta filiali, bölimlari va savdo markazi faoliyat yuritmoqda. Hududiy tarmoq mamlakatning barça viloyatlari, jumladan, çekka tumanlarni ham qamrab oladi.

Mazkur bölinmalarda 200 nafardan ortiq mutaxassis doimiy iş bilan taʼminlangan. Kompaniya hududlarda faoliyat yuritiş orqali suğurta xizmatlarining aholiga yaqinligini taʼminlaş va mahalliy bandlikni qöllab-quvvatlaşga eʼtibor qaratayotganini bildirgan.
Şuningdek, taşkilot sönggi uç yil davomida davlat byudjetiga 56,7 milliard sömdan ortiq soliq va majburiy tölovlar ötkazgan.
Suğurta xizmatlari raqamlaştirilmoqda
Taʼkidlanişiça, taşkilot faoliyatidagi muhim yönalişlardan yana biri axborot texnologiyalarini joriy etiş va suğurta xizmatlarini raqamli şaklga ötkazişdan iborat.
Taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, mijozlar rasmiy veb-sayt, mobil ilova va Telegram-bot orqali 25 dan ortiq onlayn suğurta xizmatidan foydalanişi mumkin. Bu suğurta polislarini masofadan turib rasmiylaştiriş, xizmatlardan foydalaniş uçun sarflanadigan vaqtni qisqartiriş va mijozlar uçun qulaylik yaratişga xizmat qiladi.












