Qonun hujjatlariga kiritilgan qöşimçalarga köra, transport egasi transportning soni çeklanmagan haydovçilar tomonidan boşqarilişida ularning fuqarolik javobgarligini suğurta qiliş maqsadida majburiy suğurta şartnomasini tuzişga haqli.

Transport egasining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça haydovçilar soni çeklanmagan holda foydalaniş şarti bilan rasmiylaştirilgan suğurta şartnomasida transport mulkdori va uning yaqin qarindoşlari, transport vositasining egasi körsatilmaydi.

Haydovçilarning tanloviga köra aybdor tarafning suğurtalovçisidan suğurta tovonini oliş maqsadida suğurta hodisasini bevosita hal etiş töğrisidagi ariza örniga suğurta tovonini tölaş haqidagi ariza rasmiylaştirilib, aybdor tarafning suğurtalovçisiga murojaat qilinişi mumkin.

Bunda ariza aybdor tarafning suğurtalovçisi tomonidan körib çiqilişi lozim.

Qonunçilikda hayoti va soğliği davlat tomonidan majburiy suğurta qilinişi belgilangan şaxslarning bir vaqtning özida budjet mablağlari hisobidan iş beruvçining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş şartnomasi böyiça suğurtalanişi taqiqlanadi.