Norma’ning yozişiça, birinçidan, röyxatga kadrlar bölimi inspektori, kriminalist, mediator (mediatsiya böyiça mutaxassis), poligrafolog, sud eksperti va tyutor lavozimlari kiritildi.
Ikkinçidan, ayrim lavozimlarga ma'lumotning eng past darajasi böyiça qöyiladigan talablarga tuzatişlar kiritildi. Natijada örta maxsus kasbiy ma'lumotga ega bölganlar quyidagi lavozimlarda işlaşi mumkin:
- anderrayter;
- ulgurji savdo korxonasi direktori (mudiri);
- öquv kursi kombinati (punkti) direktori;
- investitsiya vositaçisi (market-meyker);
- boş davlat ijroçisi.
Uçinçidan, ularning bitiruvçilari kadrlar boşqarmasi (bölimi) boşliği bölib işlaşlari mumkin bölgan ta'lim yönalişlari kengaytirildi. Endi oliy yuridik ma'lumotga ega bölgan şaxslar uşbu lavozimda faoliyat yuritişlari mumkin (ilgari – faqat «Kadrlar menejmenti» ta'lim yönalişi uçun edi).
Eslatib ötamiz, XALIKK–2017:
a) xizmatçilar lavozimlari va işçilar kasblari nomlaridan foydalaniş yuzasidan – xodimlarning mehnat daftarçalariga yozuvlarni qayd etişda, mehnat şartnomalari tuzişda, buyruqlarni rasmiylaştirişda, xizmatçilarning lavozimlarini xodimlar toifalariga kiritişda majburiy hisoblanadi;
b) işga qabul qilişda xodimlar ma'lumotining eng past darajasi işçilar kasblari böyiça malaka razryadlarini belgilaş yuzasidan:
davlat korxonalari, muassasalari va ustav kapitalida davlat uluşi 50 foizdan ortiq bölgan taşkilotlarda qöllanilişi majburiy hisoblanadi;
boşqa taşkilotlar uçun – tavsiya tusiga ega;
v) ta'lim yönalişlari – barça taşkilotlar uçun tavsiya tusiga ega.
Hujjat 29.07.2020 yildan kuçga kirdi.











