AQŞ prezidenti Donald Trampning maslahatçilari prezidentning uruş boşlaşidan xavotirlanişgani uçun  unga harbiy maslahatlar berişdan çöçişgan. Bu haqda jurnalist va CNN telekompaniyasining milliy xavfsizlik böyiça şarhlovçisi Jim Skiuttoning kitobida ma'lum qilingan.

 Skiutto 11 avgustda naşr etiladigan «Telbaning nazariyasi: Tramp dunyoni zabt etmoqda» kitobida Tramp ma'muriyatining bir neça nafar sobiq xodimlariga asoslangan.

Ularning sözlariga köra, AQŞning Şimoliy Koreya va Eron bilan munosabatlari keskinlaşgani sababli Tramp mamlakatni uruş domiga tortişidan xavotirlanişgan.

Trampning maslahatçilari u Pxenyanga qarşi harbiy harakatlar boşlaşidan çöçişgan, şu bois Pentagon unga «keng miqyosdagi harbiy imkoniyatlar»ni bermagan.  

 2019 yilda Tramp ma'muriyati Eronning Fors körfazidagi harakatlariga javob qaytariş masalasini körib çiqayotganida uning maslahatçilari Yaqin Şarqdagi hamkorlari va Tehronga prezidentning keyingi harakatlari qanday bölişini bilmasliklari haqida xabar berişgan.

 2019 yilgaça mudofaa vazirining Yaqin Şarq böyiça yordamçisi bölib işlagan Mik Malroyning aytişiça, Tramp mintaqada nizo avj olişiga sabab böluvçi qaror qabul qilişi mumkin bölgan.

 «Şuning uçun Eronga hattoki prezidentning maslahatçilari ham Tehronning neft obektiga hujumi nimalarga olib kelişi mumkinligini bilmasliklarini aytganmiz», degan u.