Uşbu qaror Butunxitoy xalq vakillari yiğini doimiy qömitasi tomonidan qabul qilingan. Bayonotda ta'kidlanişiça, 2020 yil 30 sentyabrdan keyin Hongkong parlamenti kamida bir yilga öz vakolatlarini bajarişda davom etadi. Şundan keyin 7-çaqiriqdagi parlament öz işini boşlaydi.
Avvalroq Hongkong hukumati pandemiya sababli parlament saylovlarini 2020 yil 6 sentyabrdan 2021 yil 5 sentyabrga köçirgan. Hongkongda parlament saylovlari 4 yilda bir marta ötkaziladi.












