13 avgust holatiga köra, dunyoda Covid-19 qurbonlari soni 750 minglik nuqtadan ötdi, kasallaniş holatlari soni esa 20,5 milliondan oşgan.

Yangi Zelandiyada aholi orasida virus tarqaldi
JSST tomonidan örnak sifatida körsatilgan va virusdan butunlay xalos bölgani aytilgan Yangi Zelandiyada yangi mahalliy öçoq paydo böldi: mamlakatning yirik şahri Oklendda bir kunda 14 nafar koronavirus taşuvçisi aniqlangan.

Ulardan biri - xorijdan kelgan va karantinga joylaştirilgan, qolgan 13 kişi avvalroq virus aniqlangan oila bilan aloqada bölgan.

Yangi Zelandiyada şu vaqtgaça 102 kun davomida aholi orasida virus tarqalmayotgandi, ötgan oyda faqat xorijdan kelganlarda virus aniqlanayotgandi, seşanba kuni virusdan zararlaniş holati tasdiqlangan 4 kişidan iborat oila esa xorijga çiqmagan va xorijliklar bilan aloqada bölmagan.

Taxminlardan biriga köra, oila boşliği özi işlaydigan joyda - omborga joylaştirilgan import mahsulot qadoğidan virus yuqtirib olgan bölişi mumkin.

Endilikda tibbiyot xodimlari bu odamlar virusni qaysi manbadan yuqtirib olganini aniqlaş ustida iş olib borişmoqda va ular aloqada bölgan barçani tekşirişmoqda. Bu vaqtda Oklendda yana töliq lokdaun e'lon qilingan - hozirça uç kunga.

Yangi Zelandiya Covid-19’ni muvaffaqiyatli jilovlagan davlat sanalayotgandi / Reuters

Xitoy eşiklarni oçmoqda
Xitoyda 12 avgustdan Yevropadagi 36 davlatga, xususan, Britaniya, Germaniya va Fransiyadan kelişga ruxsat berildi. Yevropa mamlakatlaridan keluvçilar uçun mart oyida taqiq qöyilgandi, unga köra, Xitoyda işlaşga va yaşaşga ruxsatnomasi borlar ham kirişi töxtatilgandi.

Faqat alohida taklifnomalarga ega bölgan saralangan xodimlar mamlakatga qaytişi mumkin bölgan.

Xitoyga qaytişning öziga xos murakkabliklari bor - pandemiyadan oldin berilgan vizalar va boşqa hujjatlar bekor qilingan. Ammo endilikda yevropaliklar Xitoyga viza olişga hujjat topşiriş uçun maxsus taklifnomaga ega bölişi talab etilmaydi.

Hamon xorijdan keluvçilar uçun 14 kunlik karantin tartibi saqlanib qolmoqda. Xitoyga çipta sotib oliş ham murakkablaşgan, martda uşbu mamlakatga reyslar soni keskin qisqargani tufayli, çiptalar narxi kötarilib ketgan.

Xitoyda koronavirus bilan boğliq vaziyat nisbatan barqaror. Hozirda butun mamlakat böylab jami 761 bemor bor. Şu vaqtgaça 79 mingdan ortiq kişi Covid-19dan tuzalib ketgan.

Ammo çorşanba kuni hukumat koronavirusdan takroriy zararlaniş holati haqida xabar berdi. Xubey provinsiyasining Tszinçjou şahrida 68 yoşli ayolda virus aniqlangan, u mart oyida ham kasallanib, kasallikdan davolanib çiqqandi.

Mahalliy rasmiylarning bayonotiga köra, takroriy kasallanganda virusni boşqaga yuqtiriş holati hozirça tasdiqlanmagan.

Xitoyliklar ham virus qadoqlar orqali yuqişi böyiça şubha bildirişgan. Yantay şahri rasmiylari, muzlatilgan taom qadoğida koronavirus aniqlangani haqida xabar berişgan, bu mahsulot port şaharga şimoldagi Dalyan portidan keltirilgandi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotiga köra, koronavirus plastikda 72 soat davomida saqlanib qolişi mumkin, ammo taom qadoği orqali virusdan zararlaniş holati rasman tasdiqlanmagan.

5 mingdan ortiq qurbon röyxatdan çiqarildi
Angliya hisoblaş metodikasidagi kamçilik tufayli Covid-19 qurbonlari soni 12 foizga oşirib körsatilganini ma'lum qildi.

Gap şundaki, Angliyada Birlaşgan Qirollikning boşqa qismlari - Şotlandiya, Uels va Şimoliy Irlandiyadan farqli ravişda - Covid-19 uçun testi musbat natija berganlarning barçasi - testdan ölimgaça qança vaqt ötgani va aslida nimadan ölganidan qat'i nazar - umumiy röyxatga kiritilayotgandi.

Endi Angliya 28 kunlik muddat belgiladi va yangi hisoblaş uslubiga köra, 5377 kişi pandemiya qurbonlari röyxatidan çiqarildi.

Natijada Britaniyada koronavirus qurbonlari soni 46 ming 706dan 41 ming 329 nafargaça kamaydi.

Hindiston Britaniyadan özib ketdi
Bu vaqtda Hindiston koronavirusdan ölimlar soni böyiça Britaniyani ortda qoldirdi: payşanba kuni uşbu mamlakatda jami ölim holatlari soni 47 mingdan oşdi.

Şu kuni Hindistonda 67 mingta yangi kasallaniş holati va qariyb mingta ölim holati qayd etilgan. Ming ölim - dunyoda bir kunda Covid-19 tufayli röy bergan jami ölim holatlarining beşdan biridir.

Şu bilan birgalikda, Hindistonda har million kişiga 33ta ölim töğri kelmoqda va bu Yevropa va Janubiy Amerikaning köplab davlatlaridagi körsatkiçdan kamroqdir.

Şifokorlar gap Hindiston aholisining asosiy qismi yoşlar ekanidaligini aytişmoqda, yoşlar esa kasallikni yengil ötkazişadi. Boşqa tomondan, Hindiston hukumati barça kasallaniş holatlari va ölim holatlarini hisoblab ulgurmayotgan bölişi mumkin.

Koronavirus çekişni kamaytirmoqda
Ispaniya şimoli-ğarbidagi Galisiya viloyatida jamoat joylarida çekiş taqiqlandi, bu taqiq ham koronavirus bilan boğliq.

Gap şundaki, Ispaniya soğliqni saqlaş vazirligi ekspertlarining aytişiça, çekiş virus tarqalişini osonlaştiradi, çunki çekuvçilar çekiş vaqtida niqoblarini yeçişadi va havoga tutun çiqarişadi yoki tupurişadi.

Bundan taşqari, vazirlik buyurtmasiga köra tayyorlangan tadqiqot hisobotida çekuvçilar sigareta filtrini barmoqda tutib oğizga soliş, niqobni şu barmoq bilan yeçiş va taqiş orqali osongina kasallanişi aytilgan. Qolaversa, çekiş organizmni zaiflaştiradi va kasallik qarşisida kuçsiz qilib qöyadi.

Şu tufayli Galisiya hukumati xavfsiz masofa saqlaş imkonsiz bölgan hamma joyda çekişni taqiqlaşga qaror qilgan. Mamlakatning boşqa hududlarida hozirça bu çora körib çiqilmoqda.

Ispaniyada sönggi haftada yangi holatlar soni keskin ösdi: iyul oyida kunlik holatlar soni 150ta atrofida bölgan bölsa, hozirda kuniga örtaça 1500tadan yangi holat qayd etilmoqda.