Qaror bilan Özbekiston hududida Yöl harakati qoidalarini (YHQ) buzgan xorijiy avtotransport vositalari haydovçilari yoki boşqa şaxslardan tegişli jarimalarni uşbu avtotransport vositalari respublika hududidan olib çiqib ketilganda bojxona organlari tomonidan içki işlar organlari «onlayn» rejimda taqdim etgan ma'lumotlar asosida undiriş mexanizmi joriy etiladi.
Norma’ning yozişiça, uşbu qoida quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
• Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining, şuningdek ularga tenglaştirilgan taşkilotlarning avtotransport vositalariga;
• Özbekiston hududiga vaqtinça kirgan yoki tranzit harakatlanişda bölgan xorijiy rasmiy delegatsiyalar avtotransport vositalariga.
Davlat bojxona qömitasiga (DBQ) IIV bilan birgalikda xorijiy avtotransport vositalari YHQni buzganligini aniqlaş maqsadida IIVning maxsus avtomatlaştiriş foto- va videofiksatsiya ma'lumotlar bazasini bir oy muddatda DBQ ma'lumotlar bazasi bilan integratsiyalaştiriş topşirildi.
Bojxona organlari tomonidan undirilgan jarima summasidan IIVning budjetdan taşqari jamğarmasiga ajratilişi belgilangan qismning 50 foizi DBQning Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantiriş va közda tutilgan xarajatlar maxsus jamğarmasiga ötkaziladi.
Qaror bilan Özbekiston Respublikasi hududida YHQni buzgan xorijiy avtotransport vositalari haydovçilaridan jarimalarni undiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Bojxona organi xodimi tomonidan xorijiy transport vositasi haydovçisi yoki uni amalda olib çiqayotgan boşqa şaxsdan jarimalarni undirişda IIVning ma'lumotlar bazasidan DBQning ma'lumotlar bazasiga kelib tuşgan jarima soliş töğrisidagi qaror asos böladi.
Bojxona organi xodimi tomonidan qoidabuzar jarima tölaganidan keyin avtotransport vositasining respublikadan olib çiqilişiga yöl qöyilişi töğrisida ogohlantiriladi.
Jarima xorijiy avtotransport vositasining egasidan, haydovçisidan yoki uni amalda olib çiqayotgan boşqa şaxsdan undiriladi. Ular jarimani çegara bojxona postidagi bank kassalari yoki elektron tölov tizimlari yoxud öziga özi xizmat körsatiş terminallari orqali tölaydilar.
Jarima tölanmagan taqdirda, bojxona organlariga hududiy içki işlar organlari bilan birgalikda mazkur jarima summasi töliq undirilgunga qadar MJTKning 291-moddasida belgilangan tartibda uşbu transport vositalari vaqtinça saqlovga olinadi. Transport belgilangan joylarda 60 kun mobaynida saqlanadi. Uşbu muddat içida jarima summasi tölanmagan taqdirda, tölanmagan qarzdorlik summasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ijro byurosi yoki sud orqali undiriş çoralari köriladi.
Hujjat 6.08.2020 yildan kuçga kirdi.












