Bu haqdagi rejalar partiyaning saylovoldi dasturiga bağişlangan s'yezdida oşkor qilindi, deb xabar berdi Lenta.ru.

Qayd qilinişiça, demokratlar diplomatiya uslubi va xalqaro taşkilotlardagi a'zolikka bölgan munosabatni özgartirişmoqçi. Xususan, ular Vaşingtonni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) va inson huquqlari böyiça BMT Kengaşiga qaytarişmoqçi.

Tramp raqiblari uning qöli ostida AQŞ dunyo hamjamiyatidan uzoqlaşgan, obrösi yomonlaşgan va ta'sir kuçi pasaygan deb hisoblaşmoqda.

«Demokratlar AQŞni dunyoning markaziy davlati va asosiy kuçi sifatidagi pozitsiyasini ta'minlaş maqsadida, diplomatiyani qayta tiklaşadi», — deb va'da berişmoqda prezidentlikka ehtimoliy nomzod Jozef Baydenning safdoşlari.

Ta'kidlanişiça, agar u prezident bölsa, diplomatiya bilan professionallar şuğullana boşlaydi. Bundan taşqari, juda muhim bölib borayotgan Afrika va Lotin Amerikasiga alohida e'tibor qaratiladi.

AQŞ prezidenti saylovi 2020 yil noyabr oyida ötkazilişi rejalaştirilgan. Respublikaçilar partiyasi vakili, prezident Donald Tramp va amaldagi vitse-prezident Maykl Pensga saylovda Demokratik partiyadan katta ehtimol bilan Jozef Bayden raqiblik qiladi.