Koronavirusga qarşi kuraş ştabi a'zosi Rustam Ikromov umumta'lim maktablari va maktabgaça ta'lim taşkilotlarining yaqin kunlarda oçilişi uçun tayyorgarlik işlari körilayotganini ma'lum qildi.

Unga köra, mazkur muassasalar qayta oçilgandan söng amal qilinişi zarur bölgan sanitar me'yorlar işlab çiqilmoqda.

«Maktab va maktabgaça ta'lim taşkilotlarida öz farzandlarimiz ta'lim olişadi. Bu masalada e'tibor beriş kerak bölgan jihatlar köp. Işlab çiqilayotgan tadbirlar şunçaki hisobot uçun emas, balki farzandlarimizni ijtimoiy hayotga tezroq qaytariş, karantin şaroitida ularning ruhiyatida kuzatilgan özgarişlarni bartaraf qiliş, ular qatnaydigan muassasalarda koronavirus tarqalişiga imkon qadar tösqinlik qilişga qaratilgan çoralar belgilanişi lozim.

Ayni kunlarda Maktabgaça ta'lim vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda ta'lim muassasalarida amal qiluvçi sanitariya me'yorlari işlab çiqilmoqda. Mazkur me'yorlar Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan ötkaziladi hamda barça tomonidan bajarilişi birdek majburiyligi belgilab qöyiladi. Şundan keyin maktabgaça ta'lim taşkilotlari va umumta'lim maktablariga faoliyatini boşlaş uçun ruxsat beriladi», dedi ştab a'zosi AOKAdagi brifingda.

Eslatib ötamiz, 15 avgustdan xususiy boğçalar va öquv markazlari faoliyatiga ruxsat berilgan edi.