Yaqinda “Mening fikrim” veb-portalida “Avtotransport vositasining suğurtasi yöqligi yoki texnik körikdan ötmaganligi tufayli jarima maydoniga qöyiş amaliyotini bekor qiliş haqida”gi taklif 10 000dan ortiq ovoz olgan edi.

Uşbu taklif Nizomga muvofiq Oliy Majlisi Qonunçilik palatasida körib çiqilib, deputatlar tomonidan uni amalga oşiriş maqsadida Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça qonun loyihasi işlab çiqildi.

Qonun loyihasida transport vositalari egalarining öz fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qilmaganligi (yoki DYHXX xodimi söragan vaqtida yonida bölmaganligi) uçun transport vositasini jarima maydonida majburiy uşlab turiş amaliyotini bekor qiliş nazarda tutilmoqda.

Örganişlar xorijiy davlatlarda xususan Germaniya, Angliya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, AQŞning bir qator ştatlarida fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta polislari bölmasa, ma'muriy jarimalar belgilangan bölib, biroq transport vositasini uşlab turiş körsatilmaganligini körsatmoqda.

Qonun loyihasi tez orada Qonunçilik palatasining yalpi majlisida körib çiqiladi, deb yozadi deputat.