«Internet tarmoğida Qozoğiston Respublikasi hududida göyoki jinoyat sodir etganlikda asossiz ayblanayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi 59 yoşli Xurram B.ning qölga olinganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur fakt böyiça quyidagilarni ma'lum qilamiz. 2013 yilning oxirida Toşkent şahar huquqni muhofaza qiluvçi organlariga fuqaro E.E. va F.P.dan kelib tuşgan arizada mazkur fuqarolar 2013 yilning avgust oyining oxirida ularga Çimkent şahrida katta maoş tölanadigan iş taklif qilgan bir guruh şaxslarga nisbatan çora körişni söraşgan. Jabrlanuvçilarga qonuniy işga joylaşiş va'da qilingan. Öşa yilning özida özlarini «Mustaqil mardikorlar taşkiloti» vakillari sifatida taniştirgan şaxslar E.E. va F.P.ni Çimkent şahriga olib ketişgan. Çimkentga yetib borgaç, ularning pasportlarini olib qöyişgan va qurilişda işlaşga majbur qilib, va'da qilingan maoşni tölaşmagan. 

2013 yilning 19 dekabr kuni Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan jabrlanuvçilarning arizalariga asosan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135 moddasi («Odam savdosi») «b» bandi 2-qismi böyiça jinoiy iş qözğatildi. Dastlabki tergov davomida mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvçi şaxslar aniqlandi. Ular surxondaryolik 1961 yilda tuğilgan Xurram B., Nuraddin D. va Faxriddin T. bölgani ma'lum böldi. Nuraddin D. va Faxriddin T. jinoiy javobgarlikka tortilib, mahkum etildi. Xurram B. esa 2014 yilning yanvar oyida qidiruvga e'lon qilindi», deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinişiça, 2020 yilning fevral oyida Xurram B.ning turar joyi aniqlangan va u Qozoğiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvçi organlari hamkorligida qölga olingan. 17 avgust kuni, karantin çeklovlari bekor qilingaç, Xurram B. qonuniy çora körilişi uçun Özbekistonga ekstraditsiya qilingan. 

«Şuningdek ma'lum qilamizki, Xurram B. Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi «g» bandi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda. Unga qarşi boşqa heç qanday ayblov közda tutilmagan», deyiladi xabarda.