YeIning aksariyat mamlakatlarida COVID-19 koronavirusini yuqtiriş holatlari soni keskin ösgani qayd etilmoqda, deb xabar berdi Yevropa OAV.
Xususan, 19 avgust kuni Ispaniyada 3 715ta yangi holat qayd etildi, bu iyun oxiridan buyon sutka davomida kuzatilgan eng yuqori körsatkiç hisoblanadi.
Italiyada çorşanba kuni koronavirus infeksiyasi yuqtiriş bilan boğliq 642ta holat qayd etildi, bu mamlakatda may oyi oxiridan buyon eng yuqori körsatkiçdir.
Germaniyada esa ötgan sutka davomida 1,7 mingdan ortiq holat qayd etildi – bu apreldan buyon qayd etilgan rekord körsatkiç hisoblanadi.
Fransiyada har uçinçi şaharda odam gavjum joylarda niqob taqiş majburiy etib belgilandi. Mamlakatda sutka davomida 3,8 mingta koronavirus yuqtiriş holati qayd etilgan.













