Siçuan universiteti laboratoriyasida işlab çiqilgan vaksina maymunlar va boşqa hayvonlarda muvaffaqiyatli sinovdan ötkazib bölingan.

Universitet mutaxassislarining ta'kidlaşiça, vaksina ustida işlar bir neça oy davomida olib borilgan va ular hanuzgaça biror-bir yaqqol ikkilamçi ta'sir keltirib çiqarmagan yuqori sifatli vaksina olişga muvaffaq bölişgan.

Ma'lum qilinişiça, uşbu vositadan yiliga 100 mln dona işlab çiqariladi.

Avvalroq Xitoyning Sinopharm farmatsevtik korporatsiyasi koronavirusga qarşi vaksinasini dekabrdan sota boşlaşni rejalaştirayotganini e'lon qilgan. Uşbu vaksinaning ikki inʼeksiyasi 50 dollarga yaqin turadi.

Kompaniya mutaxassislarining ta'kidlaşiça, uşbu vaksinaning bir donasi bilan emlanganlarda koronavirusga qarşi 97 foiz immunitet hosil böladi. Ikkinçi emlaşdan keyin esa bu körsatkiç 100 foizga yetadi. Sinopharm vaksinadan yiliga 220 mln töplam işlab çiqarişni möljallamoqda.