Olimlar hanuzgaça koronavirusning kelib çiqişiga sabab bölgan manbani aniqlay olişmadi. Das Erste naşri koronavirus Xitoyning Uhan şahrida 2019 yil dekabr oxirida ilk bor qayd qilingandan bir neça oy oldin paydo bölganidan darak beruvçi bir qator tadqiqotlarni keltirib ötgan.
Xususan, fransiyalik şifokor Mixel Şmitt koronavirus alomatlarini öz bemorlarida 2019 yil noyabrida aniqlagan. Uning ta'kidlaşiça, bemorlar öpkasining rentgen yordamida olingan suratlari ular öpkasining aynan şu virusdan zararlanganidan darak beradi. Bundan taşqari, uşbu bemorlarda keyinroq koronavirusga antitanalar aniqlangan.

Şuningdek, koronavirus izlari Italiya va Braziliyada 2019 yil noyabr va dekabrda olingan suv namunalarida ham aniqlangan.
Kembrij universiteti genetigi Peter Forster virus tarqalişini tahlil qilib, u 2019 yil sentyabridan dekabrigaça oraliqda paydo bölgani haqidagi xulosaga kelgan.
Koronavirusning paydo bölişi taxminiy joyi sifatida Xitoy va unga qöşni Osiyo davlatlari aytilmoqda. Biroq olimlar “nolinçi bemor” qayerda va qaçon virusga çalinganini hanuzgaça aniqlay olişmadi.
Das Erst’ning yozişiça, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ham infeksiyaning manbasi borasida bir töxtamga ega emas. Avgust boşida JSST rahbari Tedros Gebreyyesus bu masalani örganiş böyiça katta tadqiqot boşlanişini e'lon qilgan.













