FVV matbuot xizmati xabar berişiça, yöl transport hodisasi 22 avgust kuni Qamçiq dovonida, aniqroği Toşkent—Öş xalqaro avtomobil yölining 247-kilometrida sodir bölgan. Soat 16:00lar atrofida «MAZ» rusumli yuk maşinasi haydovçisi boşqaruvni yöqotib, yölning örtasidagi temir-beton tösiqqa urilgan.

Bu vaqtda Isuzu rusumli yuk avtomaşinasi haydovçisi «MAZ» yuk avtomaşinasining ortidan töqnaşmaslik uçun avtomobilni olib qoçmoqçi bölgan, ammo old tomonida harakatlanib ketayotgan boşqa yuk avtomobiliga borib urilgan.

Bir neça daqiqadan söng FVVning Qamçiq maxsus qidiruv, yonğin-qutqaruv bölimi xodimlari voqea joyiga yetib borib, jabrlanganlarni avtomobillar içidan çiqarib olgan.

Jarohatlangan haydovçilarga birinçi yordam körsatilib, Pop tumani şifoxonasiga yuborilgan. Şifokorlarning sözlariga köra, ularning salomatligi joyida.

Toşkent viloyati Çirçiq şahrida 24 yoşli haydovçi Lacetti’da yuqori tezlikda harakatlanib daraxtga urilgan va voqea joyida vafot etgan.

Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi axborot xizmati xabar qilişiça, voqea 2020 yil 21 avgust kuni sodir bölgan. 1996 yilda tuğilgan B.O‘. Çirçiq şahridagi Kamolot köçasida boşqaruvida bölgan Lacetti’ning tezligini me'yoridan oşirgan va yölning xavfli buriliş qismiga yetganda boşqaruvni yöqotib daraxtga urilgan.

Oqibatda 24 yoşli yigit oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Avtomobil yölovçisi 24 yoşli R.Ş. tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Çirçiq şahar IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.