Kun.uz sayti muştariylari uçun tayyorlayotgan turkum suhbatlarimizning navbatdagi mehmoni Buyuk Britaniyada mehnat qilayotgan tajribali şifokor Fazliddin Murodov böldi.

– Assalomu alaykum Fazliddin aka, avvalo özingiz haqingizda ma'lumot bersangiz.
– Jonajon Özbekistonimizga salomlar bölsin. Men, Fazliddin Nurillayeviç Murodov Jizzax viloyati, Ğallaorol tumanidagi Birinçi Qangli qişloğida tuğilganman. 1998 yilda hozirgi Toşkent Tibbiyot akademiyasini tugatib, Toşkent şahri Olmazor tumanidagi markaziy poliklinikada bir yil davomida internatura ötaganman. Söngra Toşkent vraçlar malakasini oşiriş institutining LOR kafedrasida klinik ordinaturaning ikki yillik kursini 1-şahar kasalxonasida ötganman. Çilonzor tumanidagi 29-oilaviy poliklinikasi va xususiy klinikada otorinolaringolog vraç bölib işlaganman.
2016 yilda belgilangan imtihonlarni topşirib, Buyuk Britaniyaning vraçlik litsenziyasini olib, ayni paytda Lewisham University Hospital şifoxonasida lor vraç sifatida faoliyat yurityapman.
– Nega aynan Buyuk Britaniyani tanlagansiz?
– Aslida örta maktabda nemis tilida dars ötganmiz. Tibbiyot institutiga öqişga kirgaç, köplab darsliklar, tibbiyotga oid adabiyotlar ingliz tilida bölgani uçun ingliz tilini qöşimça kurslarga borib mukammal örgandim. Mutaxassislikni örganiş jarayonida ingliz tili orqali Buyuk Britaniya tibbiyot sohasida rivojlangan eng ilğor mamlakatlardan ekanligini bilganman. Adabiyotlardan şuningdek, Angliya tibbiyot tizimi eng rivojlangan tizimligini, bu davlatda şifokorlar obro‘-e'tibori, maoşlari yuqori darajada ekanligidan xabardor böldim. Menda şunday bir istak paydo böldi, ya'ni bu mamlakatda işlaş litsenziyasini qölga kiritsam, ilmiy işlar qilsam, bilimlarimni oşirsam, yurtimizda tibbiyot sohasi rivojlanişiga öz hissamni qöşardim, deb niyat qildim. Şu sabab bu davlatga kelganman.
– Özbekiston va Buyuk Britaniya tibbiyoti örtasidagi tafovutlar yoki öxşaş jihatlar qanday?

– Özbekiston va Buyuk Britaniya tibbiyoti örtasida öxşaş jihatlar kam. Tibbiyotda xuddi Özbekistondagi kabi diagnostika bor, davolaş işlari, dori-darmon orqali davolaş masalalari öxşaş. Turli kitoblar, tibbiy adabiyotlar köp. Tafovutlar esa juda katta. Tibbiyot sohasida subordinatsiya, tibbiyot tizimining strukturalari boşqaça. Buyuk Britaniyada 1948 yilda milliy tibbiy tizim taşkil etilgan. Buyuk Britaniyada yaşaydigan fuqarolarga bepul tibbiy xizmat körsatiladi. Tizim nafakat bemorlarni taşxislab davolaşni, balki kasallikka çalinmaslik çoralarini körib boradi. Xususiy tibbiyot ham juda sifatli xizmat körsatadi, xususiy klinikalar ham milliy tibbiy tizim asosida rivojlantiriladi, şifokorlar har ikkala tizimda işlayveradi.
Davlat şifoxonalarida işlaydigan doktorlar uç toifaga bölinadi, birinçi konsultantlar – oliy toifali şifokorlar sanaladi, mutaxassis vraçlar va mutaxassislik böyiça malaka oşirişda bölgan doktorlar - bular örta qatlamli doktorlar hisoblanadi. Yuqori toifadagi vraçlar quyi qatlamdagi vraçlarning yuqori poğonaga çiqişiga, malaka oşirib, bilimlarini mustahkamlaşiga mas'uldirlar. Agar bemor kasalxonaga yotsa öşa kundan boşlab to çiqquniga qadar bölgan xarajatlar tibbiy tizim tomonidan tölanadi. Davolaniş uyda davom ettirilsa, dori-darmonlar bepul ravişda uyga berib yuboriladi.
– Sir bölmasa, qança maoş olasiz va uning qançasi xarajatlarga ketadi?
– Buyuk Britaniyada maoş söralmaydi. Bir xil örinda, bir neça yillardan beri birga işlaydigan şifokorlarning maoşlari xar xil bölişi mumkin, bu iş stajiga, bilimga, bölimda bajaradigan işiga, tajribaga boğliq. Şaxsiy ma'lumot bölganligi uçun maoşlar qançaligini işlovçi va iş beruvçidan boşqa heç kim bilmaydi. Bu yerda maoşlar yillik hisoblanadi. Mening darajamda işlaydigan vraçlar maoşi bir yilda taxminan 48-77 ming funt sterling (65-100 ming dollar) atrofida böladi. Bu puldan 20-40 foizi soliqlarga olib qolinadi. Bundan taşqari navbatçilikda tursangiz alohida haq olasiz. Özim bir oyda 4-5 marta tungi navbatçilikda turaman. Maoşning asosiy qismi ijara, uy tölovlariga, kredit töloviga işlatiladi. Yana katta qismi oziq-ovqat, kommunal tölovlarga, konsullik yiğimlariga ketadi. Bolalar uçun sarflaymiz, yaxşi maktablar, boğçalar, tögaraklarga tölov qilinadi.
– Özbekistonga qaytişdan sizni nima tösib turibdi?
– Nima niyatda kelgan bölsak, şu niyat tösib turadi. Dunyoning ilğor tibbiyot tizimida öz sohamni çuqur örganiş, ham operativ, ham diagnostik, ham davolaş muolajalarini yaxşi örganişga harakat qilyapman. Yurtga qaytib borsam avvalo işlaydigan joyimning şart-şaroitini töğrilaş kerak.
Yana bir narsani aytib ötiş kerakki, doim izlanişdaman, soham böyiça yangiliklarni örganyapman va şu böyiça iş olib borişni istayman. Özim tuğilib-ösgan joyda işlatilmayotgan tuman tibbiyot birlaşmasiga tegişli binoni xorijda özim körgan, örgangan tajribani tatbiq qilişga, mahalliy şifokorlar bilan tajriba almaşiş maskaniga aylaniştirişga harakat qildim. Ammo bu maqsadimga hokimiyat, tuman soğliqni saqlaş birlaşmasi, SSV xayrixohlik bildirmadi, meni qöllab-quvvatlamadi. Vaqti-soati kelsa şu işlarni amalga oşiriş niyatim bor.
– Koronavirus şaroitida Buyuk Britaniya tibbiyoti qanday işlamoqda? Umuman, davlat bu sinovga tayyormidi? Siz özingiz bu kasallikka qarşi kuraşga jalb qilindingizmi?
– Ma'lumki, koronavirus qöqqisdan kelib qoldi. Manaman degan davlatlar tibbiyot tizimi ham şoşib qoldi. Butun dunyoga tarqib ketadi deb öylanmagani uçun kasallik avjiga çiqqan paytida kasallarga joy yetmay qolgan holatlar böldi.
Buyuk Britaniya tibbiyot tizimi buni zudlik bilan körib çiqdi. Kasallikka çalinganlarni maxsus joylarda davolaşni yölga qöydi. Öşa paytlarda davolaş uçun qat'iy instruksiya ham yöq edi, bu ham tezlikda işlab çiqildi. Ya'ni maxsus kasalxonalarda işlagan şifokorlar bu standartlarni işlab çiqdi. Har xil dorilar sinab körildi, davo çoralari körildi. Şifoxonalarga bemorlar teng taqsimlandi. Men bemorlar yotadigan maxsus şifoxonalarning LOR bölimida, tez yordamda işladim.
– Bu davlatdagi faoliyatingizga doir va Özbekiston uçun noodatiy bölgan biror qiziq voqeani sözlab bersangiz.
– Britaniya va Özbekiston tibbiyotida bir katta tafovut bor. Bizda “pravitelstvennaya bolnitsa” deyiladigan tibbiy maskanlar işlab turibdi, men buni bir illat deb öylayman. Sobiq ittifoqda hamma teng huquqli deb bong urgan holda davlat rahbarlariga, hukumatda işlaydiganlarga alohida e'tibor körsatilgan, aholi esa oddiy şaroitlarda davolangan. Buyuk Britaniyada bunday emas, alohida kasalxonalar yöq, rahbarlar kasal bölsa, oddiy kasalxonada davolanadi.
Mana qiziq misol – boş vazir Boris Jonson ham koronavirusga çalinganida oddiy şifoxonada davolandi. Buning öziga xos jihati, davlat rahbarlari ham bevosita vaziyat bilan tanişadilar. Umuman, bu davlatda barça şifoxonalar standartlari bir xil, şahar, qişloq şifoxonasi degan farqlarni sezmaysiz.
Abror Zohidov suhbatlaşdi.












