Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga yana bir maslahatçi tayinlandi. Bu haqda Nasafnews xabar berdi.

Otabek Olimjonov viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga munosib körildi, deyiladi xabarda.

O. Olimjonov 1980 yil Şahrisabz tumanida tuğilgan. Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti va Özbekiston milliy universitetini tamomlagan.

Bungaça Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Marketing boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat körsatgan.

Prezidentning 2020 yil 19 iyundagi PQ-4755-sonli qarori bilan Andijon, Jizzax, Qaşqadaryo, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Farğona viloyatlari va Toşkent şahar hokimining turizm va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi joriy etilişi belgilangan edi.

Eslatib ötamiz, şu paytga qadar Qaşqadaryo viloyat hokimining axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi, ma'naviy-ma'rifiy işlar samaradorligini oşiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini ta'minlaş masalalari böyiça maslahatçisi va faxriylar bilan işlaş böyiça maslahatçisi, Taşqi mehnat migratsiya masalalari böyiça maslahatçisi kabi lavozimlar joriy qilingan.