Ma'lum qilinişiça, Vidad Sa'd ismli kelin kuyovdan koronavirusga topşirgan tahlili natijalarini bevosita töy oldidan taqdim qilişni söragan.
Qizning ta'kidlaşiça, yaqinda uning qarindoşlaridan biri koronavirusdan vafot etgan. Şu sababli qiz virusga çalinişi mumkinligi xavotirida öz qarindoşlaridan bu haqida kuyovga yetkazişni iltimos qilgan. Biroq kuyov kelinning iltimosini bajargani-yöqligi noma'lum, ammo töy bölib ötgan.
Saudiyalik şifokorlar podşohlikda koronavirusga tahlil topşiriş bepulligi va köp vaqt olmasligini hisobga olib, nikohga kiruvçi juftliklar ötadigan tibbiy körikka ularning koronavirusga tahlil topşirişlarini ham kiritişni taklif qilmoqdalar.
Podşohlikda oxirgi oylar kuniga 1,5-2 mingta yangi holat qayd qilib kelinmoqda. Pandemiya boşidan beri mamlakatda 308 mingdan köproq kasallaniş holati qayd qilingan. Virusdan vafot etganlar soni esa 3,7 mingga yaqinni taşkil qilmoqda.













