Yangi formatdagi bankni taşkil etiş bank sohasidagi köp yillik tajribasiga ega novatorlar guruhining asosiy maqsadi böldi. Ular öz tajribasini xozirgi kunda islohotlarning faol bosqiçida bölgan sohaga innovatsion yondaşuvlarni joriy etişga yönaltirdi. Moliyaviy bozorga yangilik kiritiş istagida Anorbank mijoz va bank örtasidagi munosabatlarning an'anaviy modelini tubdan özgartiriş vazifasini öz oldiga qöydi.
Anorbank innovatsion çakana bank maxsulotlarini işlab çiqiş, kiçik va örta biznesga xizmat körsatişning yangi formatini joriy etişga e'tibor berişni rejalaştirmoqda.
«Bankka boriş kerak emas» — Özbekiston aholisi uçun yangi tajriba. Anorbank'da mijoz barça bank amaliyotlarini masofadan, onlayn rejimda boşqaradi. Bank bilan barça aloqalar mijoz uçun istalgan vaqtda va dunyoning istalgan nuqtasidan 24 soat faoliyat körsatuvçi aloqa markazi va masofadan xizmat körsatiş kanallari orqali amalga oşiriladi. Şuningdek, Anorbank'ning mobil vakillari mijoz uçun qulay bölgan vaqtda va joyda xizmat körsatadi.
Mijoz bankka taşrif buyuriş istagini bildirsa, Toşkentning Mirzo Uluğbek tumanida Anorbank'ning mijozlar markazi faoliyat yuritadi.
Bank xizmatlarini körsatişning bunday innovatsion modelida mijoz vaqtni tejaydi va yangi imkoniyatlarga ega böladi, Anorbank uçun esa bölimlarning keng tarmoği mavjudligi zaruriyati yöqoladi. Bölimlarsiz faoliyatni amalga oşiriş operatsion xarajatlarning qisqarişiga, bu esa öz örnida bank xizmatlari narxining pasayişiga olib keladi.
Anorbank an'anaviy bank biznesi doirasidan çiqadigan bir qator dolzarb va yuqori talabga ega mahsulot va xizmatlar bilan bozorga kiradi. Kompleks hisob-kitob va kassa xizmatlarini körsatiş, kartalarni tanlaş, moslaşuvçan kreditlaş şartlari va boşqa imkoniyatlarni taklif qiliş bilan bir qatorda, bank yangi xizmat standartlarini joriy etişga, aholi va biznesning bank xizmatlariga, şuningdek yuridik şaxslar uçun biznesni yuritiş va rivojlantiriş, jismoniy şaxslar uçun esa kundalik taşvişlarining bir qismini professionallar zimmasiga topşiriş kabi xizmatlarga bölgan ehtiyojlarini aniqlaş va qondirişga qaratilgan işonçli yordamçi bölişga intiladi.
Bankning avtomatlaştirilgan tizimlari raqamli yeçimlarni işlab çiqişda keng tajribaga ega bölgan xorijiy fintex kompaniyalar bilan birgalikda yaratilgan bölib, ulardan foydalaniş qulayligi va ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlaşga qaratilgan. Anorbank zamonaviy texnologiyalar va ilğor yondaşuvlarni joriy qilişi, Özbekiston bank sohasi rivojiga yangi sur'at baxş etişiga umid qiladi.
Bank tomonidan litsenziya oliş uning tez orada işga tuşirilişini anglatadi. Keyingi bir neça oy içida Anorbank bir qator majburiy amaliyotlarni bajarişi kerak va tez orada bank onlayn rejimiga çiqadi hamda mijozlarga xizmat körsatişni boşlaydi.
Reklama huquqi asosida











