Özbek biznes olamida yirik tadbirkor sifatida köriladigan Qahramon Olimov xalqaro qidiruvga berildi. Uning ismi Interpolning “qizil bildirişnomalar” röyxatida paydo böldi.
Qidiruv kartoçkasida Qahramon Olimov 1977-yil 7-mayda Andijon viloyatida tuğilgani, Özbekiston fuqarosi ekani hamda özbek, rus va ingliz tillarini bilişi bayon qilingan. Biroq uning qanday turdagi jinoyatda ayblanayotgani, qidiruv taşabbuskori va boşqa tafsilotlar körsatilmagan.
Avvalroq The Insider naşri Qahramon Olimovning yaqinlaridan bölgan manbaga tayanib, u Özbekistonda sirtdan qamoqqa olingani va xalqaro qidiruvga berilgani haqida yozgandi.
The Insider xabaridan söng Anorbank rasmiy bayonot bilan çiqdi. Unda voqea bankning kapitali, boşqaruvi yoki operatsion faoliyatiga aloqador bölmagan aksiyadorlardan birining şaxsiy masalasi sifatida izohlandi.
“Uşbu masalalarni bank faoliyati bilan aralaştiriş notöğri va yöl qöyib bölmaydigan holatdir. Mazkur masala yuzasidan bankka heç qanday rasmiy tasdiq yoki sörov kelib tuşmagan. Turli manbalarda tarqatilayotgan maʼlumotlar rasmiy maʼlumotlar bilan tasdiqlanmagan va vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan dalillarga asoslanmagan”, deyiladi bank munosabatida.
Anorbankning Kun.uz’ga maʼlum qilişiça, bank ştat rejimida işlamoqda va OAVlarda tarqalayotgan xabarlarning bank faoliyatiga aloqasi yöq.
Parij voqeasi
2025-yil iyulda Fransiyaning Le Monde naşri özbek moliya magnati Parij markazida öğirlab ketildi, söng tovon puli evaziga qöyib yuborildi, deya xabar tarqatgandi.
Naşrning yozişiça, Anorbank aksiyadori Qahramon Olimov 2025-yil 23-iyun kuni Parijning 8-tumanida öğirlab ketilgan va 2 kun tutqunlikda uşlab turilgan.
Öşanda Olimovni 5 mln dollarlik qarz haqida tilxat yozib berişga majbur qilişgan. Tadbirkor haydovçisi orqali Toşkentdagi vositaçiga 200 ming dollar avans ötkazib bergani aytilgandi











