Özbekistonlik tadbirkor, ANORBANK aksiyadori Qahramonjon Olimov xalqaro qidiruvda ekani haqidagi maʼlumot Interpol saytida ortiq körinmayapti.
Avvalroq ANORBANK bayonot bilan çiqib, “aksiyador bilan boğliq holatlar bankning kundalik faoliyati va moliyaviy barqarorligini belgilamasligi”ni maʼlum qilgandi.
Qayd etilişiça, bank odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda: depozitlar, kreditlar va tölovlar böyiça operatsiyalar uzluksiz amalga oşirilmoqda, şuningdek, Markaziy bankning barça prudensial normativlariga rioya qilinmoqda.
5-oktabr kuni ANORBANK aksiyadorlarining umumiy yiğilişi yangi investitsiyalarni jalb qiliş maqsadida 100 mlrd sömlik qöşimça aksiyalar çiqarilişini tasdiqlagan.
Kuni keça ANORBANK uçinçi çorak yakunlari böyiça moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Unga köra, bank aktivlari hajmi uçinçi çorakda 18,74 trln sömdan 20,32 trln sömgaça oşgan. Sentabr yakuni böyiça kredit portfeli 13,08 trln söm, öz kapitali 1,51 trln söm, mijozlarning omonatlari 15,23 trln sömni taşkil etgan.
“Bankning omonatlar röyxati turli auditoriyalar va jamğarma maqsadlariga mos ravişda yangilandi.
Bank kiçik va örta biznesga eʼtiborini kuçaytirmoqda va ilovani moliyaviy xizmatlarning ekotizimi sifatida rivojlantirmoqda: valyuta ayirboşlaş, xalqaro ötkazmalar, omonatlar va premium xizmatlar. Maqsad – mijozlarga kundalik moliyaviy ehtiyojlarni bitta ilovada hal qiliş imkonini berişdir”, – deya maʼlum qildi bank matbuot xizmati.












