Hozirda ANORBANK aksiyalarni joylaştiriş va kapitalni amalda oşiriş uçun qonunçilik hamda korporativ tartib-taomillarda belgilangan bosqiçlardan ötmoqda.

2-oktabr kuni bank aksiyalarining 49,4 foiziga egalik qiluvçi Qahramonjon Olimov Kuzatuv kengaşidan çiqiş töğrisida ariza berdi. Uşbu masala 28-oktabr kuni aksiyadorlarning umumiy yiğilişida körib çiqiladi.

ANORBANK odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda: depozitlar, kreditlar va tölovlar böyiça operatsiyalar uzluksiz amalga oşirilmoqda. Markaziy bankning 2026-yil 1-sentabr holatidagi maʼlumotlariga köra, bank barça prudensial normativlarga rioya qilmoqda:

• Yuqori likvidli aktivlar - 16,9%, belgilangan minimal talab - 10%.

• Likvidlikni qoplaş koeffitsiyenti (LCR) - 116%.

• Sof barqaror moliyalaştiriş koeffitsiyenti (NSFR) - 128%, belgilangan talab - 100%.

• Regulyativ kapital yetarliligi - 13%, belgilangan normativ - 12%.

Alohida aksiyador bilan boğliq holatlar bankning kundalik faoliyati va moliyaviy barqarorligini belgilamaydi.

Fitch reytingi - agentlikning öz metodologiyasi asosida berilgan taşqi bahosidir. ANORBANK uçun asosiy mezon regulyator talablariga rioya qiliş bölib, bank uşbu talablarni töliq bajarmoqda. Qöşimça aksiyalar çiqarilişi agentlik tomonidan kötarilgan asosiy masala - yangi kapital manbasi bilan boğliq savolni hal etişga qaratilgan.

Baholaşlardagi farq nimada?

Fitch kapitalni öz metodologiyasi asosida hisoblaydi. Uşbu metodologiyada nomoddiy aktivlar, jumladan, sotib olingan dasturiy taʼminot ham hisobga olinmaydi. ANORBANK uçun esa bu sezilarli xarajat yönalişlaridan biridir.

Bank faoliyatining dastlabki tört yilida masofaviy xizmat körsatiş uçun öz tizimlariga sarmoya kiritdi. Ular qatoriga skoring, CRM, kredit konveyeri, kartalarni yetkazib beriş va monitoring platformalari kiradi. Uşbu tizimlarning köpçiligi litsenziya asosida foydalaniş uçun emas, balki mulk sifatida sotib olingan.

Şu sababli Fitch metodologiyasiga köra, 2025-yil yakunida tavakkalçilik darajasi böyiça hisoblangan aktivlarga nisbatan asosiy kapital körsatkiçi 0,9 foizni taşkil etgan. Kapitalni tiklaş rejasi uşbu körsatkiçni 2026-yil oxirigaça 5 foizga yetkazişni nazarda tutadi. Qöşimça aksiyalar çiqarilişi uşbu rejani amalga oşiriş uçun zarur mablağlarni taʼminlaşga qaratilgan.