Seulda maktablar va çerkovlar yopilmoqda
Janubiy Koreyada koronavirusdan zararlanişlar soni ösişda davom etmoqda. Kuniga aniqlangan holatlar soni ketma-ket 12 kunki 100dan ortiqni taşkil etyapti. Seşanba kuni rasmiylar yangi 280 bemor haqida xabar qildi. 

REUTERS

Yangi holatlar ortişi sababli hukumat Seul va uning atrofidagi hududlarda maktablar va bolalar boğçalarini yopişga qaror qildi. Ta'lim vazirligi bolalar 11 sentyabrgaça masofadan öqitilişini xabar qildi.

Dekabr oyida universitetga kiriş imtihonlarida qatnaşadigan bitiruvçi sinf vakillari bundan mustasno. 

May oyida koronavirus tarqalişi nazoratga olinganida maktab öquvçilari maktabga qayta boşlagandi. Ammo sönggi ikki hafta içida Seul va uning atrofidagi hududlarda 200ga yaqin öquvçi va öqituvçilar koronavirusni yuqtirib olgan. 

Avvalroq Janubiy Koreyaning epidemiyaga qarşi kuraşiş böyiça samarali çoralari boşqa davlatlar uçun namuna vazifasini ötayotgandi, ammo sönggi paytlarda bu yerda, ayniqsa poytaxtda vaziyat keskin yomonlaşdi.

Yangi kasallaniş holatlarining aksariyati avgust oyi örtalarida hukumatga qarşi uyuştirilgan norozilik namoyişida iştirok etgan protestant çerkovi a'zolari bilan boğliq. 

Seul ma'murlari pandemiya boşlangandan beri birinçi marta jamoat joylarida - binolar va köçada birdek niqob taqiş majburligini e'lon qildi. Çerkovlar, tungi klublar va karaoke bir muddatga yopiq. 

Oksford vaksinasi 50 ming kişida sinaladi
Dunyo böylab 50 mingga yaqin odam Oksford universiteti tomonidan işlab çiqilgan koronavirus vaksinasini uning xavfsizligi va samaradorligini aniqlaş uçun sinovdan ötkazadi, deb ma'lum qilgan uning işlab çiqaruvçilaridan biri Endryu Pollard. 

Vaksina Oksford universiteti va AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi tomonidan birgalikda işlab çiqilgan. Klinik sinovlar Buyuk Britaniyadagi 10 ming köngilli, Braziliya va Janubiy Afrikadagi yana 10 ming kişida ötkaziladi. Işlab çiquvçilar, şuningdek, sinov uçun AQŞda 30 ming köngilli topişga umid qilişmoqda. 

REUTERS

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Trampning vaksina noyabr oyida ötadigan prezidentlik saylovlaridan oldinroq xavfsiz deb tan olinişini istayotgani haqida xabar paydo bölgandi.

AstraZeneca regulyatorlar bilan sertifikatlaş jarayonini bunday tezlaştiriş imkoniyati haqida muhokama qilmaganini aytdi. 

Bali yil oxirigaça sayyohlarni qabul qilmaydi
Indoneziyaning Bali oroli yil oxirigaça çet ellik sayyohlarni qabul qilmaydi, deb xabar qiladi mahalliy hokimiyat.

EPA

Avvalroq maşhur orol sentabr oyida boşqa davlatlardan taşrif buyuruvçilarni qabul qila boşlaşi haqida ma'lum qilingandi. Ammo rasmiylar mamlakatda yangi holatlar soni köpayişi sababli uşbu rejani bekor qilişdi.

Balida pandemiya boşlangandan beri Covid-19'ning 4576 holati aniqlandi, 52 kişi vafot etdi. Uşbu kasallik tufayli butun mamlakat böylab 155 mingdan ortiq bemor qayd etilib, 6759 kişi hayotdan köz yumdi. Bu Janubi-Şarqiy Osiyo mamlakatlari orasida ölim darajasi böyiça eng yuqori körsatkiçdir.

«Indoneziyadagi vaziyat çet ellik sayyohlarning mamlakatga, şu jumladan Bali şahriga kelişiga imkon bermaydi», dedi orol ma'muriyati rahbari Uayen Koster. 

Kasalxonalardagi zararlanişlar
Kasalxonalarda Covid-19 bilan davolangan har sakkiz bemorning kamida bir nafari koronavirus bilan öşa yerning özida kasallangan. Britaniyaning 10 va Italiyaning bir şifoxonasidagi ma'lumotlarni örgangan tadqiqotçilar şunday xulosaga kelişdi. 

London Qirollik kolleji olimlari bu aslida past körsatkiç ekanligini va bu infeksiyani nazorat qiliş samaradorligini namoyiş etişini aytişdi.

Ular Britaniyada epidemiyaning avjiga çiqqan - 28 aprelgaça bölgan davridagi 1500ta holatni tahlil qilişdi.

«Uşbu bemorlarning aksariyati uzoq vaqt davomida kasalxonada bölib kelişgan. Ular keksa odamlar, soğliği zaiflar va biron bir kasallikka çalinganlardir», deydi tadqiqotçilar. 

Kasalxonada koronavirus bilan kasallangan bemorlarning tiklaniş darajasi Covid-19 aniqlangandan söng şifoxonaga yotqizilganlarga qaraganda yuqori böldi. Bu, ehtimol, ularga tezroq taşxis qöyilgani va davolaş tezroq boşlangani bilan boğliq. 

Argentinada kasallikka çalinganlar soni rekord darajaga yetdi
Argentinada yangi koronavirusni yuqtirişning eng yuqori körsatkiçi qayd etildi - bir kunda 8713ta yangi holat. 381 kişi vafot etdi. 

REUTERS

Buenos-Ayres va uning atrofida qattiq karantin çoralari körilayotgan bölsa-da, boşqa mintaqalarda yuqtiriş holatlari köpaymoqda.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga köra, bemorlarning aksariyati Buenos-Ayres (5656) provinsiyasida joylaşgan. Umuman olganda, pandemiya boşlanganidan beri Argentinada 350 mingdan ortiq odam kasallangan va 7366 ölim qayd etilgan.

Argentina Peru, Marokaş va BAA bilan bir qatorda, Xitoyning China National Biotec Group kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan koronavirus vaksinasining klinik sinovida qatnaşişga qaror qildi.

Boşqa mamlakatlarda: 

  • Germaniya Parij va uning atroflarini, şuningdek, Lazur qirğoğini epidemiologik jihatdan xavfli hududlar röyxatiga kiritdi va fuqarolarga iloji bölsa, u yerlarga sayohat qilişni ortga surişni tavsiya qildi. 
  • Ispaniya soğliqni saqlaş vaziri, agar vaziyat yomonlaşsa, Madridda koronavirus tarqalişiga qarşi jiddiy çoralar körilişi mumkinligi haqida ogohlantirdi va şahar aholisining öz-özini yakkalaş tartibiga qaytişi mumkinligini istisno etmadi. Yangi holatlarning aksariyati poytaxtga töğri keladi.
  • Şotlandiyada duşanba kunidan boşlab 12 yoşdan katta öquvçilar va öqituvçilarining koridorlarda, umumiy foydalaniş joylari va maktab avtobuslarida niqobda bölişi talab etiladi. Sinf xonalarida niqob kiyiş majburiy emas. Angliyada muqobil qoidani joriy etiş hozirça faqat muhokama qilinmoqda.