Joriy yilning 25 avgust kuni soat 16:24larda A-373 «Toşkent – Öş» avtomobil yölining 222,3-kmda yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, «Vodiy – Toşkent» yönalişida harakatlangan «Isuzu» rusumli yuk avtomaşina haydovçisi boşqaruvni yöqotib yöl örtasidagi temir tösiqqa borib urilgan.

Buning oqibatida yonğin kelib çiqib, avtomaşina içidagi haydovçi va bir nafar yölovçi voqea joyida vafot etgan.
Uşbu holatga aniqlik kiritilganda, yuk maşinaning yukxonasida 8 tonna quriliş xomaşyosi, ya'ni betonga qöşiladigan kimyoviy eritma borligi ma'lum bölgan.
Yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan «Qamçiq» Maxsus-qidiruv, yonğin-qutqaruv boşqarmasi boşliği polkovnik X.Bobonov boşçiligidagi şaxsiy tarkib hamda maxsus texnikalar zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi.
Yonğin-qutqaruvçilarining olib borgan tezkor sa'y-harakatlari natijasida yonğin qisqa vaqt içida bartaraf etildi, deyiladi xabarda.












