“Men ayni vaqtda davlatimiz yopilişi mumkinligini istisno qilaman. Bizda hozirda yangi kasallaniş holatlari kam, vaziyat nazorat ostida va şifoxonalarga kam yuklama tuşmoqda”, deb aytgan vazir.

Uning ta'kidlaşiça, Italiyada pandemiya eng yuqori darajaga çiqqanda intensiv davolaniş bölimlarida 4068 bemor bölgan, 25 avgustga köra, hozirda uşbu bölimlarda bor-yöği 66 bemor bor.

Speransaning aytişiça, Italiyaning soğliqni saqlaş tizimi mustahkamlandi, tahlillar natijalari çiqişi vaqti minimumgaça qisqartirildi va Italiyaga xavf darajasi yuqori bölgan davlatlardan kelayotgan odamlarni aeroportlarda testlaş tizimi yölga qöyilgan. Uning ta'kidlaşiça, ötgan haftada koronavirusga topşirgan tahlili natijalari musbat çiqqan odamlarning örtaça yoşi 30ni taşkil qilgan va ularning aksariyatida yengil simptomlar kuzatilmoqda yoki ular umuman yöq.   

Yevropada koronavirus tarqalişi markaziga aylangan Italiyada karantin çoralari 3 oyga kiritilgan edi. Bu mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazgan. Hukumat 2020 yilda mamlakat yalpi içki mahsuloti 8 foizga qisqarişini prognoz qilmoqda. Biroq Speransaning aytişiça, yangi çeklovlar kiritilişida iqtisodiy omillar asosiysi hisoblanmaydi. “Salomatlik uçun kuraşdagi ğalaba iqtisodiy va moliyaviy tiklanişning garovi hisoblanadi”, deb aytgan vazir.

Oxirgi haftalarda Italiyada yangi kasallaniş holatlari soni deyarli har kuni ösib bormoqda. Bu asosan ta'tildan qaytayotgan fuqarolar hisobiga yuz bermoqda. Biroq bu ösiş Yevropaning boşqa davlatlari, jumladan, Ispaniya, Fransiya va Germaniyadagi kabi yuqori emas. 

25 avgustda Italiyada 876 ta yangi kasallaniş holati qayd etilgan. Umumiy hisobda kasallanganlar soni 261 mingdan ortgan. Ulardan 35445 kişi vafot etgan.