Anqara Afinaning ayim hududlarda territorial suv çegaralarini oltidan 12 dengiz milyasigaça kengaytiriş rejasini keskin tanqid qildi.

 "Afinaning territorial suv çegaralarini kengaytirişga urinişi uruş uçun bahona bölmasa, unda nima?" – dedi Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay.

 Avvalroq Gretsiya boş vaziri Kiriakos Mitsotakis mamlakat hukumati parlamentga Ionika dengizida territorial suv çegaralarini oltidan 12 dengiz milyasigaça kengaytiriş böyiça qonun loyihasini taqdim etmoqçiligini ma'lum qilgandi.

 Mitsotakis Afina BMTning dengiz huquqlari böyiça konvensiyasiga qat'iy rioya qilgan holda harakat qilişini ta'kidlagan.

 Öz navbatida, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Turkiya öz manfaatlarini himoya qilişini bildirdi.

 "Endi zamonaviy Turkiya yon berişlarga tayyor mamlakat emas. Anqara hududdagi milliy manfaatlarini himoya qiliş uçun barça çoralarni köradi va buning uçun har qanday tölovga tayyor. Turkiya ham Örta yer, ham Egey, ham Qora dengizdagi öziga tegişli narsani oladi", - dedi u.

 Avvalroq Turkiya YeIning Örta yer dengizida georazvedka işlarini töxtatiş töğrisidagi talabini rad etgandi.