Bundesverning maxsus laboratoriyasida ötkazilgan test natijalari Navalniyning organizmida zahar izlari borligini körsatgan.

«Aleksey Navalniy Rossiyada kimyoviy modda bilan hujum qurboni bölgan», — deyiladi bayonotda.

Germaniya hukumati YeI va NATO böyiça hamkorlarga, şuningdek Kimyoviy qurollarni taqiqlaş böyiça taşkilotga tekşiruvlar natijalari yuborilişini ma'lum qilgan.

RFning Germaniyadagi elçisi ham tahlil natijalaridan rasman ogohlantirilgan. «Biz Rossiya hukumatini uşbu hodisani izohlaşga çaqiramiz», — deyiladi Germaniya hukumati bayonotida.

RF TIV TASS agentligiga ma'lum qilişiça, Navalniy zaharlangani munosabati bilan Rossiya Boş prokuraturasi tomonidan bir neça kun oldin Germaniyaga jönatilgan sörovga javob kutmoqda. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilişiça, hozirça Kremlga Germaniya hukumatidan heç qanday ma'lumot kelib tuşmagan.

  • Aleksey Navalniy 20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga uçayotgan samolyotda ahvoli yomonlaşganidan buyon komada. Uning yaqinlari siyosatçi zaharlangan, deb taxmin qilişgandi.
  • Navalniy qariyb ikki sutka davomida Omksdagi klinikada yotdi, şundan söng u Berlinga olib ketildi. Omskdagi klinika şifokorlari ikki sutka davomida uni olib ketişga ruxsat berişdan boş tortdi va buni bemorning ahvoli barqaror emasligi bilan tuşuntirdi. Ular siyosatçining organizmida zahar izlari yöqligini aytişgandi.
  • «Şarite» klinikasi şifokorlari Navalniy olib kelinganidan ikki kun ötib, u xolinesteraza ingibitorlari ta'sirida ekanini ma'lum qilgandi.
  • Rossiya Boş prokuraturasi tekşiruv ötkazib, hodisa munosabati bilan jinoiy iş oçişga asos mavjud emas deb topgan.