Kun.uz Respublika maxsus komissiyasi a'zosi, boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovdan olgan ma'lumotga köra, «yaşil» hudud sifatida belgilangan mamlakatlardan doimiy reyslar orqali kirib kelgan fuqarolarni karantinga olmaslik rejalaştirilmoqda.
«Sariq» hududlardan Özbekistonga kirib kelgan yölovçilar COVID-19'ga topşirilgan PZR tahlili ma'lumotnomasini topşirişlari lozim. Test topşirmagan fuqarolar aeroport hududida öz hisobidan PZR yoki ekspress-test (şu jumladan antitanaçalarni aniqlovçi) tekşiruvidan ötadi. Şuningdek, uy manzili va ma'lumotlari keltirilgan anketani töldiradi va pasport nazorati xizmatiga taqdim etadi. Kasallik alomatlari aniqlangan taqdirda karantin majmuasiga joylaştiriladi.
«Qizil» hududlardan Özbekistonga kelmoqçi bölgan fuqarolar esa parvozdan oldin PZR tekşiruvida manfiy natija olingan ma'lumotnomani taqdim etişi zarur. Bunday ma'lumotnomaga ega bölmagan yölovçilarning Özbekistonga kelişiga ruxsat berilmaydi.
«Qizil» aviareyslarda kelganlar 14 kunlik majburiy uy karantini yoki tölov asosida mehmonxonada karantinga joylaştiriladi. Kasallik alomatlari aniqlangan taqdirda esa karantin majmuasiga joylaştiriladi.
Qayd etilişiça, yuqoridagi tartib charter reyslar emas, balki bosqiçma-bosqiç tiklanişi kutilayotgan muntazam aviareyslar yölovçilari uçun joriy etilişi möljallanmoqda.












