Öz uslubi, öz yönalişiga ega faol vlogerlardan biri – Abdukarim Mirzayev özining kiçik hikoyalari orqali ijtimoiy tarmoqlarda köplab muxlislar orttirmoqda.

Biz hozir Turkiyada jurnalistika böyiça magistratura bosqiçida ta'lim olayotgan Abdukarim Mirzayev bilan onlayn boğlanib, ijodi, hayoti davomida şakllangan yaxşi va yomon xulosalari, muxlislar munosabati, yoşlar va ijtimoiy muammolar haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşişini söradik.

– Ijtimoiy tarmoqlarda köplab muxlislarga ega bölib boryapsiz. Aslida bu yönalişdan közlangan maqsad nima?

– Men öz işimni qilyapman. Va buni töğri, halol, foydali bir şaklda bölişini istayapman. Oldinlari mavzularni yoritişda biroz murakkabroq, tuşunarsizroq nuqtada kelardim.

Bugun televideniye madaniyatiga oid çegaralarni özgartiryapman, ulardan qoçişga harakat qilyapman. Heç qanday matnlarsiz, tayyorgarliklarsiz kamera oldida ötirişga, borgan sari özimning içimga kirib borişga harakat qilyapman. Va odamlar buni juda samimiy qabul qilişyapti. Bundan xursandman.

Agar biron iş qilayotgan bölsangiz, undan bitta odam foyda olsa, bir marta xursand bölasiz. Agar ming kişi foyda olsa, ming marta xursand bölasiz...

Alloh rizqimizni beryapti. Musofirçilikdamiz. Bu yerda hayot Özbekistondagidan boşqaçaroq. Biz tayyorlayotgan narsalardan kelayotgan daromad öziga ketyapti. «S'yomka», montaj – hammasiga mablağ ketadi. Maqsadimiz şu – halol, toza işimiz bilan maşğul böliş. Boşqa maqsadimiz yöq.

– Ijodingizdan, tayyorlayotgan hikoyalaringizga salbiy fikr bildirganlar ham böldimi?

– Salbiy fikrlar, ijobiy fikrlarga nisbatan olib qaraganda yöq darajada bor. Masalan, yuz mingda bitta salbiy fikr bor. Hali videolar yoqilmasdan turib, dizlayk qöyadiganlar ham bor. Bunday insonlarga mavzu qiziq emas, bu mening özimga nisbatan munosabat bölsa kerak, deb öylayman. Bu meni zarraça oğritmaydi. Har xil inson bor. Hammaga birdek yaxşi köriniş niyatim bölmagan. Buning imkoni ham yöq. Olimlar, dinşunoslar tomonidan jiddiy tanqidlar böldi. Ularni samimiy bölsa, qabul qilamiz.

Bu işlarni hammasini özim uddalayapman, demayman. Olimlar, tarixçilar, adabiyotşunoslar va din ilmiga mukammal ega bölganlar har doim yordamçi bölişadi.

Abdukarim Mirzayev

Odamlar biz aytayotgan hikoyalarga emas, hikoyalar orqali biz aytmoqçi bölgan ma'no-mazmunga e'tibor qaratişlarini istagan bölar edim. Hikoyalar töqima bölişi mumkin, ular vosita xolos; mazmuni esa xulosalarida. Men hikoyalarni doim aytmoqçi bölgan fikrimni quvvatlaş uçun keltiraman, hikoyani quvvatlaş uçun fikr bildirmayman.

– Bugun yoşlar bir qolipga tuşib qolgan, degan fikrga qanday qaraysiz?

– Bunday bölişi mumkin emas. Yoşlar bir qolipga tuşmaydi. Hamma har xil hayotda yaşaydi. Hamma har xil oiladan çiqib keladi. Hamma har xil tarozilarda ölçanib yaşaydi. Masalan, mening oilamdagi dars sizning oilangizga töğri kelmaydi.

Agar umumiy tepadan olib qaraydigan bölsak, har narsaning boşi, örtasi va oxiri bor. Boşi, örtasi, oxiri bölgan narsa butun narsa hisoblanadi. Hammamiz bir boşlanğiçga egamiz. Bir oxirimiz bor. Ya'ni keliş va ketiş nuqtalarimiz aniq. Lekin örtamiz aniq emas. Mana şu örtada bizni örab turgan oila, jamiyat, odamlar bor. Örtada qanday yaşaşimiz bizni örab turgan odamlarga boğliq.

NASA ötkazgan bir test haqida aytib ötsam. Unga köra, maktab yoşigaça bölgan bolalar öz muammosini yeçişi 98 foiz ekan. 10 yoşli bolalarda 98 foizdan 30 foizga tuşdi. Bolalar 15 yoş bölganda muammolarni yeçiş iqtidori 12 foiz bölib qolar ekan. Endi ulğaygandan keyin bu 2 foizga tuşib qolar ekan.

Nega bunday bölyapti? Çunki ta'lim şunga qaratilgan. Işçi tayyorlaşga qaratilgan. Endi, 21-asrdan insonlar qiladigan hamma işlarni robotlar oladi. Aqlli jamiyatlarning vazifasi endi insonlarni robotlar qila olmaydigan işlarga tayyorlaş böladi. 21-asr ta'limining maqsadi – insonlar yaşaşi uçun maqsad yarata oliş, Endi odamlarga tahlil qila oliş qobiliyati, şerikçilik, tez çiqişa oliş kerak.

– Bugungi yoşlarimizga nima yetişmaydi, sizningça?

– Yoşlarimizga halol, insofli, vijdonli, töğri, e'tiqodli tarbiyaçilar, ustozlar yetişmaydi. Çunki jamiyatning ertangi kunini yoşlar belgilaydi.

Masalan, bugun vijdonan: «Men bu işga loyiq emasman, yaxşi öqituvçi emasman, faqatgina oyligimni olaman, işsiz qolib ketmay degan sabab bilangina qölimdan kelmaydigan işni qilyapman, boşqa işimni qilay, mening qölimdan öqituvçilik kelmaydi, men birovlarni bolasini tarbiya qila olmayman», deb, vijdonan işidan ketadigan odamlar kerak jamiyatimizga.

Bu nafaqat öqituvçilar, balki kim öz kasbining egasi bölmasa, vijdonan bu işni öz egalariga topşirişi kerak. Agar millat rivojlanişini istasa, insonlar özini özi aldaşini töxtatiş kerak.

Suhbatning birinçi qismini yuqoridagi video orqali körişingiz mumkin.

Rahmatillo Isroilov suhbatlaşdi.