3 noyabr – seşanba kuni AQŞda bölib ötadigan 59-prezidentlik saylovi yaqin tarixdagi eng muhim saylovlardan biri bölişga da'vogarlik qilmoqda.
Amaldagi prezident, respublikaçi Donald Tramp demokratlarning 77 yoşli nomzodi Jo Bayden bilan töqnaş keladigan mazkur saylov jarayoni butun dunyoni qamrab olgan yangi turdagi koronavirus epidemiyasi tufayli mutlaqo yangi darajaga kötarildi.
180 mingdan ziyod odam vafot etgan va epidemiyadan eng köp zarar körgan AQŞda millionlab odamlar virusdan himoyalaniş uçun poçta orqali ovoz beriş istagini bildirmoqda.
Tramp, ba'zi sabablarga köra, millionlab amerikaliklar poçta orqali ovoz bersa, qonunbuzarliklarga yöl qöyilişi mumkinligini va demokratlar şu tarzda saylovlarda ğalaba qozonişni istayotganini ta'kidlamoqda.
Demokratlar esa epidemiya sababli odamlar şu yölni tanlayotgani va ovoz beriş jarayonini osonlaştiriş kerakligini ta'kidlaşmoqda.
Poçta orqali ovoz beriş nimani anglatadi?
AQŞ saylov qonunçiligiga binoan, saylovçi ma'lum vaziyatlarda saylov uçastkasiga bormasdan – poçta orqali ovoz berişi mumkin.
Covid-19 epidemiyasiga qadar AQŞning faqat bir neça ştatlaridagi saylovçilargina poçta orqali ovoz berişgan.
Mamlakatning aksariyat ştatlari esa, aksinça, uzrli sabab keltirgan saylovçilarga (çet elda böliş, kasallik, majburiy xizmat, harbiy xizmat va h.k.) oldindan murojaat qiliş şarti bilan poçta orqali ovoz beriş imkoniyatini taklif qilgan. Boşqa ba'zi ştatlar esa heç qanday sabab-bahonasiz, agar ariza bilan murojaat qilinsa, saylovçiga poçta orqali ovoz beriş imkonini yaratgan.
Ta'kidlaş joizki, mamlakatni qamrab olgan Covid-19 epidemiyasi uşbu barça örnatilgan an'analarga sezilarli ta'sir körsatmoqda. Köplab ştatlar epidemiyani «asosli sabab» sifatida körsatgan holda, heç qanday ariza bilan murojaat qilinmasa-da, öziing barça saylovçilariga poçta orqali ovoz beriş taklifini ilgari surmoqda.
Sönggi ma'lumotlarga köra, byulletenlar AQŞning 9 ştati va poytaxt Vaşington şahrida röyxatdan ötgan 44 million saylovçiga (21 foiz) «avtomatik ravişda» – heç qanday arizasiz yuboriladi.
Qayd etiş joiz, uşbu ştatlarning aksariyat qismida demokrat saylovçilar yetakçi örinni egallaydi.
34 ştatda esa röyxatdan ötgan 118 million saylovçi (57 foiz) «ariza bilan murojaat qilsalar, uylariga yuboriladigan byulletenlar» orqali ovoz berişlari mumkin. Bu odamlar uzrli vaj keltirişlari şart emas, ya'ni ular koronavirus epidemiyasini sabab sifatida körsata oladi.
Qolgan 7 ştatda röyxatdan ötgan 46 million saylovçi (22 foiz) esa poçta orqali ovoz beriş uçun Covid-19’dan boşqa «uzrli sababni taqdim etişi» lozim. Uşbu ştatlarda respublikaçilarning salmoği köpçilikni taşkil qiladi va ularning 3 noyabr kuni saylov uçastkalarida ovoz berişi kutilmoqda.
Tramp nega qarşi çiqmoqda?
Prezident Tramp byulletenlarni avtomatik ravişda barça saylovçilarga heç qanday arizasiz yuborilişiga yoki uzrsiz sabab keltirilmagan taqdirda poçta orqali ovoz berişga qarşi çiqmoqda.
Tramp an'anaviy ravişda sabab keltirganlarga saylov byulleteni yuborilişiga qarşi emasligini bildirmoqda. Ammo u biror sabab keltirilmagan holda poçta orqali ovoz beriş tizimi demokratlarga foyda keltiradi va bunda qonunbuzarlikka yöl qöyiladi, deb da'vo qilmoqda.
Amaliyot demokratlar foydasiga işlaşi taxmin qilinmoqda
Poçta orqali ovoz beriş munozarasi fonida bu amaliyot demokratik frontga foyda keltirişi taxmin qilinmoqda.
Saylovda iştirok etiş jarayonida özlari közlagan darajaga yetişiş uçun kuraşayotgan demokratlar 2016 yilgi saylovlarda Viskonsin, Pensilvaniya va Miçigan kabi ştatlarda juda kam farq bilan Trampga imkoniyatni boy bergandilar.
Uşbu saylovlarda iştirokni kuçaytiriş uçun bor kuçi bilan harakat qilayotgan demokratlar uçun «poçta orqali ovoz beriş» usuli bamisoli sovğadek bir gap. Ta'kidlaş joizki, poçta orqali köproq odamlarning ovoz berişi kutilmoqda. Bu holda ayniqsa, «nozik» ştatlarda Baydenning Trampdan oşib ketiş ehtimoli ortadi.
Yana bir omil şundaki, epidemiya jiddiy salbiy ta'sir körsatadigan ijtimoiy segment – qariyalarning bu usul yordamida ovoz berişi oson va qulayroq.
Sönggi sörovnomalarga köra, 65 yoşdan oşgan, yuqori xavf guruhiga kiruvçi odamlarning aksariyat qismi Tramp AQŞdagi epidemiya jarayonini notöğri boşqarmoqda, degan fikrda. Bu esa tabiiy ravişda keksa yoşdagi saylovçilarning ovozi Baydenga sezilarli darajada ustunlik berişini anglatadi.
Uşbu ikki asosiy sababni hisobga olgan demokratlar birinçi kundan e'tiboran poçta orqali ovoz beriş amaliyoti va poçta jönatmalarini olib boruvçi USPS (The United States Postal Service – AQŞ poçta xizmati) bilan boğliq barça ehtiyot çoralarini körişni istaşmoqda.
3 noyabr kuni yangi prezident aniqlanmasligi ham mumkin
AQŞ Konstitutsiyasiga köra, 3 noyabrda bölib ötadigan prezident saylovlarini, 14 dekabr kunidagi saylov kollegiyasi (Electoral College) a'zolari rahbari va örinbosarlarini saylaş, yangi prezidentning 2021 yil 20 yanvardagi inauguratsiya marosimi bilan boğliq sanalarni özgartiriş mumkin emas.
Konstitutsiyaga muvofiq, 3 noyabrdan söng ovoz beriş ham mumkin emas. Şuning uçun poçta orqali beriladigan barça ovozlar keçi bilan 3 noyabr – seşanba kuni tegişli saylov markaziga yetkazilişi kerak.
Ovozlar öz vaqtida topşirilgan taqdirda ham, poçta orqali olingan ovozlarni hisoblaş saylov qutilaridagi ovozlarni hisoblaşdan köra köproq vaqt talab etadi. Şuning uçun tomonlar örtasida janjal kelib çiqişi ehtimoli yuqori. Nizo yuzaga kelganda esa hisoblaş jarayoni uzaytiriladi.
Bunday vaziyatda ikkinçi muhim sana 14 dekabr bölib, unda barça ştatlarning saylov qömitasi a'zolari aniqlanadi. Agar uşbu kunga qadar biror ştatda saylov qömitasi a'zolarini aniqlaş imkoni bölmasa, uşbu delegatlar prezident va vitse-prezident uçun ovoz bera olmaydi.
Şu sababli 3 noyabrdan 14 dekabrgaça bölgan taxminan 6 haftalik davrda AQŞning barça ştatlarida tegişli delegatlar aniqlanişi va tasdiqlanişi kerak. Bu ham natijalari bir-biriga juda yaqin bölgan şaharlarda yoki ştatlarda partiyalarning e'tirozlari tuğilişiga va ovozlarni qayta sanaş kabi ehtimoliy ssenariylarni keltirib çiqarişi mumkin.
Agar natijalar yaqin bölsa, poçta orqali yuborilgan yuz minglab, ehtimol, millionlab ovozlar bahsga sabab bölişi, bu esa Konstitutsiyada belgilangan sanalarning qat'iyligini söroq ostiga olişi mumkin. Bunday vaziyatda 3 noyabr kuni AQŞning yangi prezidenti aniqlanmasligi ham mumkin.
Ssenariy 2000 yildagidek sudda yakunlanişi mumkin
3 noyabr saylovlaridagi eng muhim masala millionlab ovozlarni poçta orqali saylov markazlariga öz vaqtida yetkazib beriş va ovozlarni öz vaqtida hisoblaş bölib turibdi.
Uşbu jarayonda yuzaga kelişi mumkin bölgan barça muammolar va tomonlarning e'tirozlari taqvimdagi vaqtning yöqolişini anglatadi. 2000 yilda Florida ştatidagi mojaro tufayli çözilgan saylov jarayoni nihoyat Oliy sudda yakunlangandi va öşanda respublikaçilar ğalaba qozongandi.
Uşbu saylovda aksariyat joylarda nomzodlar juda yaqin natijalarga erişişi mumkin. Şu sababli partiyalar öz e'tirozlarini rasmiy ravişda bildirişlari ehtimoldan xoli emas.
Trampning «poçta orqali ovoz berişda firibgarlik yuz berişi mumkin» degan da'vosidan taşqari, garçi uşbu jarayonda heç qanday qonun buziliş holati kuzatilmagan taqdirda ham, agar poçta ovozlarini qayta sanaşga töğri kelsa, 3 noyabr kuni yangi prezident nomi ma'lum bölmasligi mumkin.
Amaldagi siyosiy qutblaniş hisobga olinsa, 3 noyabr – seşanba kuni Amerika siyosiy tarixida uşbu noyob manzara paydo bölişi heç gap emas.
Bunday vaziyat yuzaga kelmasligi uçun nomzodlardan biri hal qiluvçi «nozik» ştatlarda aniq va katta farq bilan ğalaba qozonişi lozim. Garçi hozirgi sörov natijalarida Bayden oldinda borayotgan bölsa-da, Tramp öz saylov ommasini yaxşiroq safarbar qila olişi mumkinligini ham inkor etib bölmaydi.
Savollar esa oz emas: 2016 yildagi ssenariy kabi bu safar ham Bayden butun mamlakat böylab köproq ovoz olsa-da, ğalabani Trampga «ilib» ketadimi yoki Bayden sörovnomalar körsatganidek, AQŞning yangi prezidenti etib saylanadimi? Yoki 2000 yilda bölgani kabi Amerika xalqi özining yangi prezidenti kim ekanligini Oliy sud sudyasidan bilib oladimi?
Bularning barçasiga esa vaqt javob beradi.













