Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farğona viloyati boşqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat berdi.
Maʼlum qilinişiça, 2026-yil 28-sentabr kuni Rişton tumanida yaşovçi, 2012-yilda tuğilgan voyaga yetmagan qiz Qöqon şahridagi mehmonxonada jinsiy zöravonlikka uçragan. Holat yuzasidan 29-sentabr kuni Qöqon şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işi doirasida gumonlanuvçi uşlanib, 30-sentabrda unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Hozirda jinoyat işi doirasida tegişli ekspertizalar tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Voyaga yetmagan jabrlanuvçining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ruhiy holatini tiklaş hamda zarur yordam körsatiş maqsadida unga psixologik va yuridik xizmatlar biriktirilgan.
Holat Ijtimoiy himoya milliy agentligining masʼul xodimlari tomonidan nazoratga olingani bildirilgan.
Maʼlumot uçun, Jinoyat kodeksida bunday qilmiş 8 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi belgilangan.
Avvalroq Buxoro viloyati Qoraköl tumanida 8 yoşli qizçaga buzuq harakatlar qilgan şaxsga nisbatan jinoiy iş qözğatilgandi.













