AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Huangning rafiqasiga xiyonat qilgani va josuslikda gumonlangan xitoylik ayol bilan munosabatda bölganini tan olganidan keyin yuzaga kelgan mojaro yuzasidan munosabat bildirdi.

«Bugun men Jensen bilan gaplaşdim. U menga bu ayol josus bölganini umuman bilmaganini aytdi va men unga töliq işonaman», – dedi Tramp jurnalistlar savollariga javoban.

U Huangni mamlakat uçun «ulkan işlarni amalga oşirgan» va «yuksak axloqiy fazilatlarga ega inson» deb bilişini qöşimça qilgan.

«Bilasizmi, öylab qarasangiz, unda texnologiyalardan 10 yil oldinga özib ketgan çip bor. Konstruksiyasi murakkabligi tufayli uni hatto nusxalab ham bölmaydi. Men heç qanday muammo tuğilmasligiga umid qilaman. Uning bayonotini öqib çiqdim va u qattiq qiynalayotganiga işonçim komil – ayniqsa, öz oilasi, özi sevadigan rafiqasi sababli», – dedi Tramp.

Nvidia rahbari u bilan Osiyo böylab sayohatga borişi imkoniyatlari haqidagi savolga javoban AQŞ prezidenti «albatta, uni özi bilan olib ketişi»ni aytdi. «Men uning yomon iş qilganini eşitganim yöq. Uning kim bilandir aloqasi bor edi, lekin boşqalarning ham kim bilandir aloqasi bor», – deya qöşimça qildi Tramp.

Amerikaning Nvidia kompaniyasi – dunyodagi eng qimmat kompaniyalardan biri hisoblanadi (Apple’dan keyingi ikkinçi örinda). Şu kunlarda The New York Times gazetasi Jensen Huangning Nvidia’dan çiplar xarid qilgan kompaniyada işlagan xitoylik ayol bilan işqiy romani haqida xabar tarqatdi. Köp ötmay Huang xodimlarga yozgan xatida Xitoy fuqarosi bilan işqiy munosabatda bölganini tan oldi hamda rafiqasi va hamkasblaridan uzr söradi.

«Rafiqam va oilamga: men sizlarni sevaman. Bilaman, uzr söraş qilgan işimni özgartira olmaydi. Oilamiz bu sinovni yengib ötişiga va vaqt ötişi bilan men sizlarning işonçingizni yana qozona olişimga umid qilaman», – deya yozgan u.

U «mamlakat va kompaniyani» sevişini, şuningdek, tergov davomida Nvidia boş direktori lavozimini tark etmasligini qöşimça qilgan.

Jensen Huang rafiqasi Lori bilan universitetda öqigan çoğida tanişgan va 40 yildan ortiq vaqt davomida birga yaşab keladi. Rafiqasi u bilan birga işlaydi va köpinça ommaviy tadbirlarda unga hamrohlik qiladi. Jensen Huangning öğli Spenser, qizi Medison va kuyovi Niko Kaprez ham Nvidia’da rahbarlik lavozimlarida işlaydi.

Hozirda Nvidia’ning kapitalizatsiyasi 4,5 trillion dollarga baholanadi. Mojaro fonida Nvidia aksiyalari 9-noyabr kuni 6 foizdan köproqqa arzonlaşdi: Frankfurt birjasida qimmatli qoğozlar narxi 169,76 yevrodan taxminan 158 yevrogaça tuşdi.