Joriy yilning 3 sentabr kuni soat 18:30larda, Jizzax viloyati Jizzax şahar hududidan ötuvçi 4R38 “Uçtepa-Jizzax-Baxmalsoy” avtomobil yölining 31-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 1991 yilda tuğilgan E.H. Foton rusumli yuk avtomobilini boşqarib ketayotib, şu yönalişda, özidan oldinda, yöl çetida töxtab turgan haydovçi, 1954 yilda tuğilgan Ş.P. boşqaruvidagi “Kamaz-53212” rusumli yuk avtomobilining tirkamasiga urilib, YTH sodir etgan.
Natijada, Foton rusumli yuk avtomobili yölovçisi, 33 yoşli J.I. oğir tan jarohatlari olib şifoxonada vafot etgan. Uşbu yuk avtomobili yölovçisi, 30 yoşli K.I. tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jizzax şahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Barça haydovçilardan tezlik me'yoriga, yöl belgilari va çiziqlari talablariga rioya etgan holda harakatlanişlarini sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.












