Avvalroq Belarusda 33 rossiyalik hibsga olingandi. Minskda ular “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi jangçilari ekani va mamlakatga ommaviy tartibsizliklar uyuştirgani kelganlari ta'kidlangan. Ukraina esa Minskdan uşbu şaxslardan 28 nafarini topşirişni söragan. Ular Kiyev tomonidan Donbassdagi janglarda iştirok etişda gumon qilingan. Biroq 14 avgustda 32 rossiyalik Rossiyaga topşirilgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Minskning uşbu qarorini qoralagan.
“Mirotvorets” sayti özini Ukraina milliy xavfsizligi, tinçlik, insoniyat va xalqaro huquq-tartibot xavfsizligiga qarşi jinoyatlar alomatlarini tadqiq qiluvçi markaz deb ataydi. Bu saytga DXR va LXR bilan hamkorlik qiluvçi kişilar, Rossiya öz tarkibiga qöşib olgan Qrimga taşrif buyuruvçi siyosatçi va artistlar, OAVda Rossiyani qöllab-quvvatlovçi bayonotlar bilan çiquvçi şaxslar kiritiladi.
“Terrorçilar va rossiyalik bosqinçilar şerigi. Xalqaro kelişuvlarga zid ravişda, Ukraina tomonidan bildirilgan tegişli murojaatga qaramay, Rossiyaga (agressor davlatga) Ukraina hududida harbiy jinoyatlar sodir etgan jangarilar va yollanma jangçilarni berişga körsatma bergan”, deb “ta'riflangan” Lukaşenko sayt xabarida.
Bundan taşqari, Polşaning sobiq boş vaziri Donald Tuskning Onet portaliga yaqinda bergan intervyusi ham Lukaşenkoning bazaga kiritilişiga sabablardan biri deb atalgan. Tuskning ta'kidlaşiça, Lukaşenko unga 2014 yilda Ukraina va Belarus ittifoqini tuzişni va unga özini prezident etib tayinlaşni taklif qilgan. “Mirotvorets” mualliflari bu taklifni “Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuz” deb topişgan.












