DXX Samarqand viloyat boşqarmasi hamda Boş prokuratura qoşidagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tomonidan ötkazilgan suriştiruv natijasida Samarqanddagi «Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qiliş direksiyasi» davlat taşkiloti rahbarlari amalga oşirgan jinoyatlar aniqlandi. Bu haqda stv.uz sayti yozmoqda.

Ma'lum bölişiça, Samarqand şahar hokimligi qoşidagi «Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qiliş direksiyasi» mansabdorlari 2017-2019 yillar davomida komandirovka uçun 74,6 million söm sarflaşgan. Bundan taşqari, 235,8 million söm asossiz tarzda işçilar maoşiga qöşilgan bölsa, 112,3 million söm bankdan maoşga deb olingan, biroq işçilarga berilmagan.

Taşkilotda işlamaydigan odamlarning kontrakt tölovlari, şuningdek, boşqa xarajatlari uçun 137 million söm asossiz sarflangan. Boşqa korxonalarni qöllab-quvvatlaşga 62,5 million söm yönaltirilgan. Umumiy hisobda davlat korxonasi mansabdorlari tomonidan 1 milliard 258,3 million söm asossiz tarzda işlatilgan.

Korxona hisob raqamidan 232,4 million söm Al Xorazmiy köçasida 3 xonali kvartira sotib olişga ham sarflangan. «Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qiliş direksiyasi» mansabdorlariga nisbatan jinoyat kodeksining 167 va 243 moddalari bilan jinoiy iş oçilgan.