Birlaşgan Millatlar Taşkilotining ijtimoiy himoya böyiça Qöşma dasturi nogironlik masalalari böyiça kiçik loyihaviy taşabbuslarini qöllab-quvvatlovçi tanlov e'lon qilmoqda. Unda nogironligi bölgan şaxslarning manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan loyihalar bilan iştirok etiş mumkin.
Loyihalar nogironligi bor insonlarning ijtimoiy himoyadan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, ularning jamoat hayotining turli jabhalaridagi faolligini ta'minlaşni nazarda tutişi lozim. Xususan, COVID-19 pandemiyasi şaroitida nogironligi bor insonlar, ayniqsa nogironligi bor ayollar va yoşlarni har tomonlama ijtimoiy himoya qilişni ta'minlaşga qaratilgan innovatsion yondaşuvlarga asosiy e'tibor qaratiladi.
Tanlab olingan loyihalarni amalga oşiriş uçun 3000-5000 AQŞ dollari qiymatidagi moliyaviy kömak ajratiladi.
Iştirokçilar öz loyihasini batafsil tavsiflovçi, şu jumladan, Özbekistonda COVID-19 pandemiyasi şaroitida uning maqsadi, afzalliklari, dolzarbligi va amalga oşirilişini tavsiflovçi arizani töldirişlari kerak böladi. Arizalar joriy yilning 15 sentyabriga qadar qabul qilinadi.
Tanlov uçun loyihalarga qöyiladigan talablar va ariza topşiriş tartibi bilan bu yerda batafsil tanişiş mumkin.












