Köplab futbol muxlislari va ayniqsa atrof-muhit himoyaçilarini Nemis futbol ittifoqi (DFB) va Germaniya termasining ekologiyaga munosabati norozi qildi. Futbolçilar Ştutgartdan Şveytsariyaning Bazel şahriga (oradagi masofa 260 km atrofida) avtobus yoki poyezdda emas, samolyotda borişdi.
GFR terma jamoasining Twitter sahifasida Bazelga samolyotda qanday yetib borgani aks etgan fotosurat ostiga işqibozlar tanqidiy ruhdagi izohlarini yozib qoldirişdi: "Uyalişingiz kerak!", "Samolyotda? Rostdanmi?", "Bema'nilik. Iqlim özgarişi haqida eşitişmaganmi?"
Germaniya terma jamoasi boş menejyeri Oliver Birxoff samolyot tanlanişiga jamoaning gigiyenik xavfsizligiga e'tibor va öyinçilarning jismoniy tiklanişini ta'minlaş maqsadi bilan izohladi.
Uning sözlariga köra, uşbu holatda charter aviareysi masofadan qat'i nazar, UYeFA tavsiyasiga köra avtobus (uç yarim soat yuriş sportçilarning özini yaxşi his qilişlariga ta'sir körsatadi) yoki poyezdda (Karlsrueda almaşiş koronavirus yuqtiriş xavfini oşiradi) borişga nisbatan eng yaxşi tanlov hisoblanadi.
Bundan taşqari, Birxoffning qöşimça qilişiça, DFB futbolçilarning salomatligi uçun ularning klublari oldida javobgar. Boş menejyerni jamoa himoyaçisi Tilo Kerer ham qöllab-quvvatladi: "45 daqiqa va 3,5 soat harakatsiz ötiriş örtasida farq bor".












