Ğoliblar tarixi. Pol Rend – grafik dizayn afsonasi
|00:31 / 08.09.202019 1329 min
Pol Rend (Paul Rand) – grafik dizayn böyiça 20-asrning tengi yöq insonlaridan biri. Uning işlari bugungi kunda nafaqat boşqalarga ilhom baxş etişi bilan, balki ğayrioddiyligi va umri uzoqligi bilan ham ajralib turadi.
Pol Rendni zamondoşlari zamonaviy dizayn olamidagi Pikasso deb ta'riflaşardi. U öz davrining eng ta'siri kuçli dizayneri deb tan olingan, deya hikoya qiladi Logolove.me sayti.
«Dizayn nafaqat rasmni çiroyli qiladi, u biznesning rivoji uçun ham muhimdir, biznes uçun albatta grafik dizayn kerak», degan tuşunçaning paydo bölişiga Rend sabab bölgan deyişadi.
Talabalik va grafik dizayn olamiga kirib kelişi
Foto: paulrand.design
Pol Rend 1914 yil 15 avgustda, Nyu-Yorkning Bruklin mavzesida yahudiy muhojirlari oilasida tuğilgan. Bolaligidanoq rasm çiziş va dizaynga qiziqişi kuçli bölgan, bu uning maktab ta'tilidagi va otasining oziq-ovqat dökonidagi işlarida öz aksini topgan. Ammo otasi rasm çiziş orqali pul işlaş mumkinligiga şubha qilar edi, şuning uçun u öğlini muhandislikdan ta'lim beruvçi Manhettandagi Haaren High School maktabiga öqişga yubordi.
Darvoqe, tuğilganda unga yevreyça Perets Rozenbaum ismi berilgan, ammo maktabni tugatgandan söng dizayner öz ismini soddagina qilib Pol Rendga özgartirdi. Öşa yillarda u grafik dizayn bilan şuğullanişni boşlaydi. Uning dösti har doim: «Ism va familiyangdagi törttadan harflar logotipga juda mos keladi», deb hazillaşar edi.
Pol tirişqoq talaba edi, 1929 yildan 1932 yilgaça Pratt institutidagi keçki darslarda qatnaşdi, bir neçta san'at maktablarida (The New School for Design, The Art Studens League,Yale University in Connecticut) öqidi.
Rend ta'lim olgan maskanlar yaxşi dars berişiga va u yillar davomida ta'lim olganiga qaramay, asosiy bilimlarni özi mustaqil örganib, grafik qobiliyatini rivojlantirdi. Keyinçalik Pol şunday eslaydi:
«Öqiş paytida deyarli heç narsa örganmadim. Men tuşungan ozgina narsani ham özim örganganman».
Ilk muvaffaqiyatlar
Foto: paulrand.design
Dizayner sifatida 1930-yillarning oxirlarida, jurnallar uçun muqovalar işlay boşlaganida omadi kela boşladi. Birinçi işi uçun u pul olmadi va bepul işladi, ammo evaziga u töliq ijodiy erkinlik va asosiy muqovani tayyorlaş işini oldi. Bu unga omma e'tiboriga tuşişiga va özining birinçi mijozlarini topişiga yordam berdi.
Uning birinçi professional işlaridan biri maşhur «Esquire»moda jurnaliga tegişli edi. Dastlab rad javobini oldi, keyinçalik «Esquire» uçun moda tendensiyalari tasvirlangan sahifalarni yaratiş topşiriğini oldi.
Foto: paulrand.design
«30-yillardagi Amerikaning barça grafik dizaynerlari orasida Pol Rend – eng yaxşilaridan biri edi. U göyoki şoirlik va işbilarmonlik tillarini qoriştirib foydalanadigan idealist va realistdir. – (Laslo Moxoy-Nad, rassom, ötgan asrning maşhur dizaynerlaridan)
Keyinçalik, 27 yoşida u William H. Weintraub & Co reklama agentligining boş badiiy direktori etib tayinlandi.
Dunyo miqyosidagi maşhurlik
Foto: paulrand.design
1950-yillarda Pol Rend biznes olamida çinakamiga dovruq qozondi. Uning ismi-şarifi logotiplar va korporativ uslubni rivojlantiriş bilan bevosita boğliq tuşunçaga aylandi. IBM, NeXT, ABC, UPS va boşqa köplab kompaniyalar dizaynerga mukammal logotiplar uçun minnatdorçilik bildirişadi.
Lui Danziger – grafik dizayner, Polning yaqin dösti: «Pol biznesni özgartirdi, u har kimni öz qoidalari bilan hisoblaşişga majbur qildi, çunki dizayn nafaqat bezak, balki biznesning rivoji uçun asosiy vositadir. Grafik dizayn bilan şuğullanadigan har bir kişi Rendning oldida juda katta qarzdor. Axir u grafik dizayner kasbini obröli kasbga aylantirgan».
Korporativ uslub va logotip dizayni
IBM
1956 yilda IBMmenejyerlari kompaniya logotipini yangilaş uçun Polga murojaat qilib, taklif etilgan variantdan mamnun bölişadi, ammo Rend öz logotipidan hali ham köngli tölmagan edi. Dizayner könglidagidek logotipni yaratişi uçun bir neça yil kerak böldi. IBM logotipi dizayni 1972 yilda maşhur çiziqlarga ega bölgan holda yangilandi.
Keyinçalik, 1990-yillarga qadar Rend IBM bilan işlaşni davom ettirdi. 30 yildan ortiq vaqt davomida Pol kompaniya uçun reklama posterlarini işlab çiqdi va qadoqlaş dizaynini yaratdi.
Foto: paulrand.design
Quyidagi rasm uning IBM uçun yaratgan eng maşhur işlaridan biri – rebusdir, bunda IBM nomining harflarini ifodalaş uçun tasvirlardan foydalanadi.
ABC
Amerikaning yirik televizion kompaniyasi – ABCfaoliyatining dastlabki 20 yilida öz logotipini doimiy ravişda özgartirgan. Dastlabki logotip radiodan ilhomlanib tayyorlangan, keyingi logotipda AQŞ xaritasi paydo böldi, şundan keyin aylana bilan burgut tasvirlandi va natijada logotip faqat şriftlarga asoslandi.
Foto: paulrand.design
Pol Rend logotipni qayta işlab çiqdi, u sodda, oson taniladigan va zamonaviy körinişga ega böldi. 1962 yildan beri logotipda heç qanday özgariş bölmadi.
UPS
1961 yilda Pol Rend kurerlik va logistika xizmatlarini körsatuvçi UPS kompaniyasi logotipini global miqyosda maşhur qiliş uçun yollanadi. Rend yangi dizaynni iloji boriça sodda va esda qoladigan qilib yaratişga harakat qiladi.
Logotip 2003 yilgaça özgarmadi. Rebrending doirasida UPS öz logotipini yangiladi va qalqonning tepasidagi qadoqning tasvirini olib taşlab, öz faoliyatiga xilma-xillik qöşişni maqsad qildi.
NeXT
Foto: paulrand.design
Stiv Jobs Rend bilan boğlanib, NeXTkompyuter loyihasi uçun logotip işlab çiqişni taklif qilgan. Jobs bir neçta logotip variantlarini xohlagan, ammo Pol unga quyidagiça javob bergan:
«Yöq. Variant bitta böladi. Siz menga tölaysiz, men esa sizning muammongizni hal qilaman. Agar sizga köp variantlar kerak bölsa, bu iş men uçun emas».
Pol Rend murakkab xarakter egasi edi, Jobs uning şartlariga rozi böldi va natijada dizaynerning grafik işlariga qoyil qolib, uni «buyuk grafik dizayner» deb ataydi.
Natijada öziga xos logotip yaratildi, buning uçun Rend $100 000 oldi. U Jobsga logotipni yaratiş jarayonini bosqiçma-bosqiç, boşidan to oxirgi versiyasigaça tasvirlab beradigan 100 sahifalik kitob yoziş fikri haqida aytadi. Rend har doim mijozlar bilan aloqa qilişdan qoçişga harakat qilgan va barça aytmoqçi bölgan gaplarini kitoblar va bukletlarda tasvirlab berar edi.
Pol Rendning barça logotiplari
Foto: paulrand.design
Pol Rend hayoti davomida köplab logotiplarni yaratdi, quyida barça eng maşhur logotiplari töplangan.
«Avvalo, logotip kompaniyaning identifikatsiyasi va uni anglaş vositasi rolini bajaradi. Yaxşi logotipning samaradorligi – uning originalligi, zamonga moslaşuvçanligi, körinişi, esda qolişi, tuşuniş oson bölişi va uzoq umr köra olişi bilan boğliq». (Pol Rend)
Öqituvçilik
Rend ijodga qöşimça ravişda, öqitişga ham e'tibor qaratgan. U Yale School of Art maktabida grafik dizayn professori sifatida dars bergan. U doim qiziquvçilarni öqitişim, öz bilimim bilan bölişişim kerak, deb hisoblagan.
Bundan taşqari, Rend quyidagi kitoblarni ham yozgan: "Dizayn: şakl va tartibsizlik", "Dizayn haqidagi fikrlar", "Dizaynerning mahorati", "Men biladigan köp narsa", "Laskodan Bruklinga".
Şaxsiy hayot
Pol Rend ikki marta, Enn Binkli (1949 yildan 1960 yilgaça) va Marion Svanni Rend (1975 yildan 1996 yilgaça) bilan turmuş qurgan. Uning yolğiz qizi Ketrin Rend otasi haqida şunday deydi:
«Men uning qizi ekanligimdan ğururlanaman. Men uni juda sevardim va doim men bilan faxrlanişini istardim. Dadam men bilgan eng zukko, ijodkor, istarali va murakkab odam edi». (Ketrin Rend – Polning qizi)
Pol umrining sönggi yillarini uyda, kitob yoziş bilan ötkazgan. 1996 yilda 82 yoşida saraton kasalligidan vafot etdi.
Quyida Pol Rend keyingi avloddagi izdoşlariga qoldirgan ba'zi muhim maslahatlarini sanab ötamiz:
San'atni örganing, çunki bu – dizaynning asosidir.
Logotipning rolini ortiqça baholab yubormang
Har doim logotip taqdimotini qiling.
Original bölişga urinmang, faqat yaxşi bölişga harakat qiling.