Tarix sahnasida 74 yil hukm surgan sovetlarda hokimiyatdan ketgan insonlar aksariyat hollarda duşmanga çiqarilgan. Bu işdan mamlakatning içida va taşqarisida osoyiştalik hamda xavfsizlik uçun masʼul bölgan NKVD taşkiloti ham mustasno bölmagan.
Masalan, 1936-yilda NKVDni boşqarib turgan Genrix Yagoda işdan böşatiladi va köp ötmay duşman deb eʼlon qilinadi. Uning örniga Nikolay Yejov ötiradi. 1937-yilda Yagoda sud hukmi bilan otib taşlanadi.
1938-yilda Yejov vazifasidan ozod qilinadi va uning örniga Lavrentiy Beriya NKVD rahbari böladi. Köp ötmay Yejov ham xalq duşmani deb eʼlon qilinadi va otib taşlanadi. 1953-yilda navbat Beriyaga keladi. U ham hibsga olinadi va çet el josusi bölganlikda ayblanadi.
Stalinning yaqin oşnasi
Beriyaning hayotini ikki qismga böliş mumkin. NKVDga rahbar bölgan yillari va ungaça bölgan davr. Beriya ham Stalin kabi Gurjistonda tuğilgan edi. U bolşeviklar safiga 1915-yilda qöşiladi va tarixda «Oktabr inqilobi» deb atalgan davlat töntarişidan söng Kavkazda turli lavozimlarda işlaydi.
Beriya va Stalinning birinçi uçraşuvi haqida turli maʼlumotlar bor. Ayrimlar ular ilk bor 1921-1922 yillarda körişgan desa, boşqalar Beriya va Stalinning ilk uçraşuvi 1924-1925 yillarda bölib ötgan, deydi.
Ularning döstona aloqalari esa 1931-yilda boşlanadi. Öşanda Stalin Gurjistondagi şifobaxş suvli sanatoriyada dam oliş uçun boradi. Şunda Gurjiston NKVDni boşqarib turgan Beriya Stalin xavfsizligini taʼminlaşga masʼul böladi.

Köp ötmay Moskvaga qaytgan Stalin Beriya nomzodini Gurjiston Kompartiyasi markaziy qömitasi ikkinçi kotibi lavozimiga tavsiya qiladi. Şunda Gurjiston rahbari bölib turgan Lavrentiy Kartvelişivili «Bu firibgar, tovlamaçi bilan birga işlamayman», deydi va isteʼfoga çiqadi.
Stalin öylanib ham ötirmaydi va Beriyani Gurjiston rahbari etib tayinlaydi. Oradan bir yil ötgaç Beriya bir vaqtning özida Kavkazorti sovet sotsialistik respublikasi rahbariga aylanadi. 1937-yilda unga uçinçi lavozim – Tbilisi şahar rahbarligini ham topşirişadi.
1938-yilda Stalin Beriyani Moskvaga çaqirib oladi va işdan haydalgan Yejovning örniga NKVD rahbari etib tayinlaydi. Beriya Stalin bilan uning vafotigaça döstona aloqalarni saqlab qoladi. Şu sababli ham u 1937-yildan boşlangan va Stalin vafotigaça davom etgan qatağonlardan omon qoladi.










