Trampning sözlariga köra, migratsiya siyosati unga «ham yordam berdi, ham zarar yetkazdi». Çegara xavfsizligi böyiça u, öz bahosiga köra, «aʼlo» (beş plyus) bahoga loyiq, şuningdek, uning taʼkidlaşiça, saylovçilar «yomon odamlar»ning mamlakatdan çiqarib yuborilişini ham yuqori baholagan. Biroq prezidentning tan olişiça, yaxşi iş joyiga ega, yagona qoidabuzarligi mamlakatga noqonuniy kiriş bölgan odamlarning hibsga olinişi norozilik uyğotgan.

Tramp şunday dedi:

«Mamlakat aholisining salmoqli qismi ularni haydab çiqariş kerak deb hisoblaydi. Yana bir katta qismi esa, agar ular obodonlaştiriş kompaniyasida, mehmonxonada yoki boşqa biror joyda işlayotgan, baʼzan soliqlarni ham tölab kelayotgan yaxşi odamlar bölsa, ularga qolişga ruxsat berilişi kerak, degan fikrda. Menimça, bu [avvalgi siyosat] juda keskin böldi».

Ommaviy deportatsiyalar Trampning asosiy saylovoldi vaʼdalaridan biri bölgan edi. AQŞ Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) byudjet hujjatlarida yiliga bir million kişini mamlakatdan çiqarib yuboriş maqsadi körsatilgan. Buning uçun Kongress uşlab turilganlarni saqlaşga qariyb 45 milliard dollar, ICE deportatsiyalar sonini oşirişi hamda köproq xodimlarni işga yollaşi uçun esa deyarli 30 milliard dollar ajratdi.

Migration Policy Institute maʼlumotlariga köra, Tramp ikkinçi muddatining dastlabki 18 oyida Içki xavfsizlik vazirligi 980 ming kişini deportatsiya qilgan. Bunda çiqarib yuborilganlarning 69 foizi dastlab çegarada qölga olinganlar bölgan. Hibsga olişlarning özi esa tobora köpaymoqda: iyul oyida ICE qariyb 50 ming kişini qölga oldi, bu ikkinçi muddat davomidagi eng yuqori körsatkiçdir.

Jamiyat bu siyosatga turliça baho bermoqda. Fox News’ning yanvar oyidagi sörovida respondentlarning 52 foizi Trampning çegarani himoya qiliş böyiça faoliyatini maʼqullagan, biroq uning butun migratsiya siyosatini yoqlaganlar 45 foizni taşkil etgan. Bu holat uning intervyuda aytgan sözlariga ham mos keladi: u çegara masalasida öziga «aʼlo plyus» baho qöygan, lekin iş joyiga ega va sudlanmagan insonlarning hibsga olinişi esa aholi noroziligiga sabab böldi. Marist söroviga köra, amerikaliklarning 65 foizi ICE «haddidan oşib ketdi» deb hisoblaydi. Respublikaçilar orasida esa köpçilik hamon uning siyosatini qöllab-quvvatlamoqda.