AQŞ Davlat departamenti «Adolat uçun mukofot» dasturi doirasida Eronning yadro dasturiga oid maʼlumotlar uçun katta miqdorda pul tölaşga tayyorligini eʼlon qildi. Amerika tomoni «obyektlar, uskunalar va jalb etilgan xodimlar», jumladan, olimlar haqidagi maʼlumotlarga qiziqiş bildirmoqda. Maxsus xizmatlar, şuningdek, AQŞ zarbalaridan söng uskunalar va xodimlar qayerga köçirilgan bölişi mumkinligini ham aniqlaş niyatida.

Maʼlumotlarni şifrlangan Signal messenjeri yoki Davlat departamenti dasturining anonim onlayn kanali orqali yuboriş mumkin. Puldan taşqari, zarur hollarda axborot beruvçilarga boşqa davlatga köçib ötişda kömaklaşiş ham vaʼda qilinmoqda.

Davlat departamenti uşbu taşabbusni Eron yadro dasturining holati böyiça işonçli maʼlumotlar yetişmasligi bilan izohladi. Tehron XAEA oldidagi majburiyatlarini bajarmayotgani sababli inspektorlar asosiy komponentlar, jumladan, sentrifugalar işlab çiqarilişi hamda ularning zaxiralarini kuzatiş imkoniyatidan mahrum bölgan.

Davlat departamenti maʼlumotlariga köra, Eron uranni 60 foizgaça boyitgan. Yadro qurolini yaratiş uçun esa taxminan 90 foizlik daraja talab etiladi. Ekspertlar baholaşiça, mavjud zaxiralar yanada boyitilsa, potensial ravişda bir neçta jangovar kallakka yetişi mumkin.