Ukraina Yevropa Ittifoqi va AQŞ işlab çiqaruvçilarining koronavirusga qarşi vaksinasini oliş uçun Rossiyada işlab çiqarilgan vaksinadan voz keçadi. Bu haqda Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba ma'lum qildi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda COVID-19 koronavirusiga qarşi vaksinani ommaviy işlab çiqara oladigan korxonalar borligini, hukumat vaksina işlab çiqqan mamlakatlar bilan muzokaralar olib borayotganini aytgandi.
Rossiya Ukrainaga koronavirusga qarşi vaksinani taklif etsa Kiyev bunga qanday javob qaytarişi töğrisidagi savolga javob berarkan, Kuleba "Biz bu sohada Yevropa Ittifoqi, AQŞ va boşqa mamlakatlar bilan samarali hamkorlik qilmoqdamiz", deb javob berdi.
Uning qayd etişiça, Kiyev koronavirusga qarşi vaksinani oliş böyiça Yevroittifoq va AQŞ bilan yaqin muloqotda.
Avgust örtalarida Rossiya soğliqni saqlaş vazirligi koronavirusga qarşi dunyodagi birinçi vaksinani röyxatga olgandi. Ma'lum qilinişiça, vaksinani sotib oliş uçun 20dan ortiq mamlakatdan buyurtma tuşgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori va soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari Bahodir Yusupaliyev “Kommersant'” naşriga bergan intervyusida Özbekiston koronavirusga qarşi Rossiya vaksinalarini sotib oliş imkoniyatlarini körib çiqayotganligini aytgandi.













