ÖzA xabariga köra, qator tumanlarda qölda terilgan har bir kilogramm paxta xomaşyosi uçun tavsiya etilgan tarif stavkasiga davlat budjetining qöşimça manbalari hisobidan 200 sömdan ustama haq tölanadi.
Uşbu tumanlar:
Jizzax, Sirdaryo va Toşkent viloyatlarining barça tumanlari;
Qoraqalpoğistonning Qonliköl, Qoraözak, Kegeyli, Qönğirot, Taxtaköpir, Xöjayli, Şumanay, Çimboy va Nukus tumanlari;
Qaşqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Mirişkor, Nişon, Kasbi, Qarşi tumanlari;
Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Muzrabot va Şerobod tumanlari.
Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari ta'lim, soğliqni saqlaş taşkilotlari va boşqa budjet taşkilotlari xodimlarini hamda ta'lim muassasalari öquvçilari va talabalarini paxta xomaşyosi yiğim-terimiga jalb qiliş holatlarining oldini oliş va bunga çek qöyiş yuzasidan şaxsan mas'ul ekanliklari belgilab qöyildi.












